Asteroidlar. Kichik planetalar yoki asteroidlar, asosan Mars va Yupiter orbitasi
oralig`ida aylanadi va bevosita qaraganda ko`rinmaydi. Birinchi kichik planeta 1801
yilda kashf etilgan. Ulardan eng kattalari tserrera-diametri 1003 km, Pallada-diametri
490 km, Vetsa- diametri 390 km, Yunona-diametri 190 km nomlari bilan ataladi.
Hozirgi vaqtda 10000 dan ortiq asteroidlar ma`lum. Milliardlab yillar davomida
astroidlar, vaqti-vaqti bilan bir-birlari bilan to`qnashadilar.
Asteroidlarning umumiy massasi, Yer massasining atiga 0,1 qismiga teng
keladi.
Eng yorug` asteroid - Vesta, oltinchi yulduz kattaligidagi yulduzlardan yorug`
bo`lmaydi. Eng katta astroid - tserera.
Bolidlar. Tabiatda juda kam uchraydigan va osmonda uchib o`tadigan olov shar
bolid deyiladi. Bu hodisa, atmosferaning qalin qatlamlariga meteor deb ataladigan
jismlar yirik qattiq zarralarning kelib kirishi tufayli sodir bo`ladi. Bolidlar ko`pincha
sezilarli darajadagi ko`rinmas diametrga ega bo`lib, ba`zida hatto kunduzi ham
ko`rinadi. Dindor kishilar bularni og`zidan olov chiqarib nafas oluvchi ajdarlar deb
talqin qilganlar.
Meteoridlarni hosil bo`lishi haqida ikki xil fikr mavjud:
1. Meteoridlar Quyosh sistemasining bir bo`lagi;
2. Meteoridlar boshqa yulduzlar turkumidan uchib kelgan. Metioridlar bir necha
grammdan o`n tonnagacha bo`lishi mumkin. Masalan: 1947 yil Sixota-Olenga tushgan
meteorid yomg`irining umumiy og`irligi 100 tonna atrofida bo`lgan.
Kometalar. Vaqt-vaqti bilan fazoda ko`rinib turadigan samoviy ob`ekt.
Kometalar qattiq yadro va gaz qobig`i komadan tashkil topgan. Kometalar Quyoshga
Yaqinlashganda Quyoshga qarama-qarshi tomonidan bir yoki bir necha “dum” paydo
bo`ladi. Kometalar fazoda Quyoshdan uzoqda joylashib, markazlarida yadrosi bo`lgan
juda xira, tumanli oqish dog`lar shaklida ko`rinadi. Faqat Quyoshga nisbatan
Yaqinlashib o`tadigan kometalargina juda yorug` va dumli bo`lib ko`rinadi. 1758 yilda
ko`ringan kometa Galileya kometasi deb nom oladi. 1986 yil uning Quyoshga juda
Yaqin, masofadan o`tadi. Galiley kometasi davriy kometalardan qatoriga kiradi.
Yer gruppasidagi planetalar - Merkuriy, Venera, Yer va Mars gigant
planetalardan zichligining kattaligi, o`z o`qi atrofida sekin aylanishi, atmosferasining
ancha yirikligi, yo`ldoshlarining bo`lmasligi yoki kam bo`lishi bilan farq qiladi.