Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash


Merkuriy - Quyoshning “kenjasi”



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   155
Geologiya majmua

Merkuriy - Quyoshning “kenjasi” 
 
Bu sayyora, Quyosh sistemasidagi to`qqizta pleneta ichida Quyoshga eng Yaqini 
bo`lib, qadimda rimliklar uni sayohatchilarning panohi, savdo - sotiq xudosi nomi 
bilan Merkuriy, arablar esa uni utorud deb atashgan. Utorudning orbitasi boshqa
sayyoralarnikidan farq qilib, cho`zinchoq aylana (ellips) shaklidadir. Shuning uchun 
ham bu sayyoraning Quyoshdan uzoqligi 0,31 dan to 0,47 astronomik birlikkacha 
cho`zilib turadi, o`rtacha uzoqligi esa 58 million kilometrni tashkil qiladi. 


Merkuriyning diametri 4880 killometr bo`lib, uning sirtida tortish kuchi Еrnikidan 
2,5 marta kam. 
Utorud o`z orbitasi bo`ylab sekundiga 48 kilometr tezlik bilan harakatlanib,
Quyosh atrofida 88 kunda to`la aylanib chiqadi. Qizig`i shundaki, Quyosh oilasi 
“kenja” sining bir kuni uning ikki yiliga teng, boshqacha qilib aytganda planetaning bir 
kechayu-kunduzi Yerning 176 kuniga tengdir.
Merkuriy sirtining kunduzgi o`rtacha harorati +30 gacha (sel`siy shkalasida), 
kechasi - 1800 gradusga pasayadi. Biroq shuni aytish kerakki, planeta sirtining mayda 
tuprog`i issiqliq yomon o`tkazganligi tufayli bir necha o`n santimetr chuqurlikda 
harorat sirt haroratidan keskin farq qilib, 70-90 gradusni tashkil qiladi va juda kam 
o`zgaradi. Bu nazariy ma`lumot keyinchalik radioastronomik kuzatishlar asosida to`la 
tasdiqlandi. Merkuriyning rel`efi va fizik tabiatiga tegishli ma`lumotlarni “qo`lga 
kiritish” ning murakkabligi shundaki, bu sayyoraning yo`li doimo Quyoshdan kichik 
burchak oralig`ida bo`ladi.
Merkuriyning “jamoli” ni Yaqindan ko`rish, sayyoralararo avtomatik stantsiya 
“Mariner-10” ga (AQSH) nasib qilgan ekan. 1973 yilning oxirlarida sayyora tomon 
yo`lga chiqqan bu stantsiya, 1974 yilning 21 sentyabrida Merkuriydan 47 ming 981 
kilometrlik masofadan o`tayotib, planeta sirtining 500 ga Yaqin sifatli rasmini oldi. Bu 
rasmlar “yuz tuzilishi” jixatidan kenja sayyora oyga juda o`xshashligini ko`rsatdi. Oy 
sirtidagi kabi Merkuriy yuzasi ham meteoritlar zarbidan “momataloq” bo`lib, turli 
kattaliklardagi kraterlar bilan qoplangan “mariner-10” olgan planeta “portretlari” dan 
shunaqangi ko`rinib turibdi.
Qizig`i shundaki, garchi ko`pchilik kraterlarning diametri bir necha o`nlab 
kilometrni tashkil qilsada, chuqurliklariga ko`ra ular oydagi kraterlardan farq qiladi. 
Biroq kuzatilgan planeta kraterlari, ularni o`rovchi tepalik markazlari va markaziy 
tog`chalariga ko`ra oy kraterlarini eslatadi. Sayyora yuzidagi bu cho`tirlik uning 
hayotida o`ziga xos “kundalik” bo`lib, Merkuriy sirtining shakllanish tarixidan hikoya 
qiladi. Shuningdek, planeta kraterlarining ayrimlari, oydagi ba`zi kraterlar kabi radial 
yo`nalishda cho`zilgan yorug` nur sistemalari bilan o`ralgan. 
Biroq Merkuriyda kuzatilgan ayrim ob`ektlar, na oyda va na Quyosh sayyoralarida 
kuzatilmasligi bilan kishi diqqatini o`ziga tortadi. Bulardan biri - eskarplar deb 
yuritiluvchi o`pirilishlar bo`lib, ulariing balandligi 2-3 kilometrgacha etadi. 
O`pirilishdan hosil bo`lgan bunday jarliklarning uzunligi esa bir necha yuz 
kilometrdan bir necha ming kilometrgacha boradi. 
Merkuriy jinslarining zichligi, oynikiday tartibda (3,0-3,3 g/sm
3
) bo`lib, o`rtachasi 
5,44 g/sm
3
ekanligi, uning markaziy qismida temir yadrosi borligini ko`rsatadi. Eng 
kamida bu, Merkuriy markazida silikat jinslar katta bosim ostida metallik holatga 
o`tayotganidan darak beradi. 
“Mariner-10” planetaning siyrak atmosferasi borligini ma`lum qildi. Ma`lum bir 
planetada atmosferaning bo`lish-bo`lmasligi, odatda, talay faktorlar bilan aniqlanadi. 
Biroq bularning ichida eng muhimi planetaning sirtida tortish kuchining kattaligi va 
harorat eng muhim rolni uynaydi. Haroratiing ortishi tufayli atmosferani tashkil etgan 
molekula va atomlarniig tartibsiz issiqlik harakatlari ortadi. Oqibatda ma`lum tezlikka 
erishgan havo molekulalari planetani butunlay tark etadi. Xuddi shu sababdan Yer har 
kunda 100 tonnagacha vodorodidan “judo” bo`ladi. 


Kichik massali Merkuriy (Yer massasining 5.5 foiziga) sirtida bu qadar Yuqori 
haroratgacha (+4200C) qizish, planeta atmosferasiniig asosiy qismining yo`qolishiga 
sabab bo`lgan deb qaraladi. Merkuriyning yo`ldoshi yo`q. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin