Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash


Yer osti suvlarining paydo bo`lishi



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   155
Geologiya majmua

Yer osti suvlarining paydo bo`lishi.
Tog` jinslari orasidagi suvlar
birinchidan yog`inlarning er ustidan qum va toshlar orasiga qisman sizib o`tishi, 
ya`ni infiltratsiya yo`li bilan hosil bo`ladi. Masalan, O`zbekistonda har yili 
atmosfera suvidan tashqari sug`orish tizimidan 8 milliard m
3
suv shimilib, erosti 
suviga qo`shiladi. Ikkinchidan, erosti suvlari suv bug`larining kondensatsiyasi 
jarayonida ham paydo bo`ladi. Bu vaqtda er ichidagi suv bug`lari sovib, suvga 
aylanadi. Tog` jinslarida suv bug`i ko`p tarqalgan bo`ladi, bu esa ularning 
elastikligini orttiradi, tuproqning yuqori bosimi ta`sirida bug` yana havoga 
ko`tariladi. Demak, kondensatsiya jarayoni suv bug`ini tuproqqa olib kiradi va 
undan olib chiqadi. Tog`li erlarda, dashtlarda, doimiy muzloq o`lkalarda suv 
bug`lari eng ko`p kondensatsiyalanadi. 
Hozirgi kunda tog` jinslaridagi suvlarni quyidagi turlarga bo`lib 
o`rganiladi.
1. Bug` ko`rinishdagi suvlar.


2. Fizik bog`langan suvlar: gigroskopik va plyonkasimon suvlar.
3. Erkin suvlar: kapillyar va gravitatsion suvlar.
4. Qattiq holatdagi (muz) suvlar.
5. Kristallashgan (kristallogidratlar) va kimyoviy birikma (gidroksil) holatidagi 
suvlar. 
Yer osti suvlari daryo, ariq suvlariga nisbatan ancha sekin harakatlanadi. Ular 
tog` jinslari orasidan ko`pincha nishab tomonga qarab sizib o`tadi. Relefning bunday 
joylaridan erosti suvlari buloq yoki sizot suvi tarzida chiqib turadi. Bunday suvlar 
Sirdaryo viloyatidagi yangi o`zlashtirilgan joylarda ko`plab uchraydi. 
Yer osti suvlari kelib chiqishi bo`yicha yuvenil, sedimentogen, singenetik, 
epigenetik suvlar ajratiladi. 
Yuvenil suvlar.
Er po`stining ichki qismidagi magmadan ajralayotgan 
minerallashgan issiq suv bug`larining erosti suvlariga aylanishidan hosil bo`ladi. 
YUvenil suv erning chuqur qatlamlarida va tez - tez vulkan otilib turadigan o`lkalarda 
ko`p uchraydi. 
Sedimentogen
(yunoncha cho`kindi) suvlar eng chuqurdagi cho`kindi jinslari 
qatlamlari orasidagi yuqori darajada minerallashgan (sho`rlangan) erosti suvlaridir. 
Olimlarning hisoblashicha bu suvlar genezisiga ko`ra dengiz suvidan paydo bo`lgan. 
Ularning ikki - singenetik va epigenetik turlari tabiatda ko`p uchraydi. 
Singenetik
(yunoncha singenez - cho`kindi bilan bir vaqtda hosil bo`lish 
demakdir) erosti suvlari. Havza yotqiziqlarining to`planish jarayonida ular orasida 
qolib ketgan qoldiq suvlardir. 
Epigenetik 
(yunoncha epigenenez - keyin paydo bo`lgan) erosti suvlari tog` 
jinslari vujudga kelgandan so`ng yoki dengizdan sizib o`tgan suvlardan hosil bo`ladi. 
Tog` jinslarida flyuidlarning harakat qonuniyatlarini tahlil qilishda g`ovaklik va 
kirituvchanlik asosiy ahamiyatga ega. 
G`ovaklik.
Terrigen jinslardagi g`ovaklik qattiq komponentlar egallamagan bo`shliq 
hisoblanadi. G`ovaklar o`zaro tutashgan yoki tutashmagan bo`lishi mumkin. 
G`ovaklik skalyar kattalik singari foyizlarda ifodalanadi. Bunda umumiy va 
samarali g`ovaklik ajaratiladi. Ular: 
R
um 
+ V
um 
- V

/V
um,
R
sm 
+ V

/V
um 
formulalar yordamida aniqlanadi. Bunda R
um 
- umumiy g`ovaklik

R
sm
- samarali 
g`ovaklik, V
um
- umumiy hajm, V
q
- qattiq faza hajmi, Vt- tutashuvchi g`ovaklar 
hajmi. 
Umumiy g`ovaklik terrigen jinslardagi butun bo`shliqlarning, ularning o`zaro 
tutashgan yoki tutashmaganligidan kat`iy nazar, foyiz miqdorida ifodalanadi. 
Samarali g`ovaklik esa faqatgina o`zaro tutashgan g`ovaklarning foyiz miqdori bilan 
belgilanadi. Samarali g`ovaklik miqdori har doim umumiy g`ovaklikdan past 
bo`ladi. Pemza va penoplastlar juda yuqori umumiy g`ovaklikka, ammo juda kam 
samarali g`ovaklikka ega bo`lgan materiallar jumlasiga kiradi. 
Terrigen jinslarda g`ovaklik struktura hosil qiluvchi donalarning joylashish 
tartibiga va saralanish darajasiga bog`liq. O`lchami bir xil bo`lgan sferasimon 
donalar rombaedr tartibida joylashganda g`ovaklik 25,9% ni, tartibsiz joylashganda 


87,5% ni tashkil qilishi mumkin. YAxshi saralanmagan materiallarda donalar 
orasidagi bo`shliqlar mayda zarralar bilan to`lib, g`ovaklik darajasini kamaytiradi. 
Zichlashish va sementlanish natijasida ham g`ovaklik miqdori juda pasayib ketadi. 
Neftli gorizontlarda g`ovaklik 5-20% bo`ladi. 
Kirituvchanlik 
terrigen jinslarning suyuqliklarni o`tkazish qobiliyatidir. U 
Darsi formulasi bilan ifodalanadi: 
Q + KA x (dp/dl), 
bunda Q – vaqt birligida singadigan suyuqlik hajmi, A – ko`ndalang kesim yuzasi, 
dp/dl-konkret o`lchamlarga bog`liq bo`lmagan gidravlik gradient. 
Kirituvchanlik kattaligi suyuqlik xususiyati va muhitning g`ovakligi hamda 
shu muhitdagi kirituvchanlik yo`nalishiga bog`liq. 
Solishtirma kirituvchanlik (k) kirituvchanlik o`lchami bo`lib, u faqatgina 
muhitga bog`liq: 
Q + KAf/M x dp/dl 
bunda f- suyuqlikning solishtirma og`irligi, M – esa uning qovushoqligi. Solishtirma 
kirituvchanlik 
darsi 
birligida o`lchanadi va uni oqim harakatlanayotgan 
g`ovaklarning yig`indi yuzasi sifatida qarash mumkin. 
Tog` jinslarining kirituvchanligiga bo`laklarning o`lchami, ularning saralanish 
darajasi, mo`ljallanganligi, joylashish tartibi hamda sementlanishi va qatlamlanish 
xususiyatlari ta`sir etadi. Terrigen cho`kindilar donalarining o`lchami qancha kichik 
va saralanish darajasi past bo`lsa, kirituvchanligi shuncha kamayishi eksperimental 
yo`l bilan aniqlangan. Gradatsion qat-qatlikka ega bo`lgan turbidit yotqiziqlarining 
qatlamlarida pastdan yuqoriga qarab, donalar o`lchamining kichirayib borish 
yo`nalishi bo`yicha kirituvchanlik ham pasayib boradi. Qum donalarining 
joylashishi qancha zich bo`lsa, boshqa barcha teng sharoitlarda, samarali g`ovaklik 
va shu tufayli kirituvchanlik ham shuncha past bo`ladi. 
Kirituvchanlik g`ovaklikka to`g`ri va solishtirma yuzaga teskari proporsional 
bo`ladi. Terrigen jinslardagi bo`laklarning o`lchami kichiklashib borgan sari 
kirituvchanlik ham pasayib boradi. Bunga bo`laklarning kichrayib borishi tufayli 
solishtirma yuzaning oshishi sabab bo`ladi. Natijada oqimga bo`lgan qarshilik 
ortadi. 
Qumtoshlarning kirituvchanligi g`ovakligiga qaraganda kuchli o`zgaruvchan 
bo`ladi. Bunga ikki sabab bor. G`ovaklik bo`shliqlari yuzasidagi notekisliklar ham, 
oqim o`tadigan ikki nuqta orasidagi masofa ham oqimga qarshilik qiladi. Bu 
xususiyatlardan birining yoki ikkalasining birgalikda o`zgarishi, g`ovaklik qiymati 
o`zgarmaganda ham, kirituvchanlikning o`zgarishiga olib keladi. 
Erosti suvlari joylashish sharoitlari bo`yicha sizot, grunt va qatlam suvlariga 
bo`linadi. Qatlam suvlari esa o`z navbatida bosimli va bosimsiz turlarga ajratiladi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin