Venera - Zuxra - “tong yulduzi”
Qadim rim mifologiyasida sevgi xudosining nomi “Venera” deb yuritiladigan bu
planetaning Quyoshdan o`rtacha uzoqligi 108 million kilometrdir. Zuxra orbitasi
bo`ylab sekundiga 35 kilometrli tezlik bilan xarakatlanib, 225 kunda Quyosh atrofida
bir marta to`la aylanib ulguradi.
Ravshanligi jihatidan Quyosh va oydan keyin turadigan bu sayyora, juda
qadimdan kishilar diqqatini o`ziga tortib, “qo`zg`almas” yulduzlar fonida
harakatlanishi birinchi bo`lib sezilgan “adashgan” yoritkichdir.
1610 yildayoq G. Galiley bu planetani o`zi yasagan teleskopda kuzatib, oy kabi
turli fazalarda bo`lishini ko`rdi. Bu xodisa, zuxra ham oy kabi sferik shakldagi osmon
jismi ekanligining dastlabki isboti edi. Zuxraning kattaligi salkam Еrnikicha bo`lib,
diametri 12 ming 100 kilometrni tashkil qiladi.
1761 yil 6 iyunda astronomlar “tong yulduzi” bilan bog`liq fizik bir hodisaning
guvohi bo`ldilar: sayyoraning harakati Quyosh diskida proektsiyalandi. Bunday
g`aroyib xodisani kuzatish taniqli rus olimi M. V. Lomonosovga ham nasib qilgan
ekan. Olim Veneraning Quyosh diskidan o`tishini kuzatayotib, sayyora qalin atmosfera
bilan qoplanganligini aniqladi. Uzoq yillar davomida ana shu qalin atmosfera -
“paranji” misol zuxraning haqiqiy jamolini bizdan yashirib kelardi.
Kezi kelganda shuni aytish kerakki, Veneraning Quyosh diskiga proektsiyalanib
o`tishi, juda kam uchraydigan hodisa bo`lib, Lomonosovning XVIII asrdagi eslatilgan
kuzatishidan so`ng atiga 3 martagina kuzatildi; navbatdagi o`tishi esa 2004 yilning 8
iyunida bo`ldi. Sayyoraning sirtini spektroskopik o`rganishlar, uning agmosferasi,
asosan karbonat angidriddan iborat deyishdan ortiq ma`lumotlarni berishga ojizlik
qildi.
Sayyorani tekshirishning 60 - yillardan boshlangan yangi usuli “tong yulduzi” ga
tegishli ko`p jumboqlarni hal qilishga imkon berdi. Natijada Veneraning o`z o`qi
atrofida va Quyosh atrofida haqiqiy aylanish davrlari birinchi marta tug`ri aniqlandi.
Ma`lum bo`lishicha, planetaning aylanish o`qi uning orbita tekisligiga deyarli tik
joylashib (anig`i 87 gradusda Yerdagidek yil fasllari kuzatilmaydi. Shu radiolokatsion
kuzatishlar Zuxraning o`z uqi atrofida aylanish davrn 243 kunga tengligini, hamda
sistemasining sharqdan - g`arbga aylanuvchi yagona ekanligini ma`lum qildi (boshqa
sayyoralar atrofida g`arbdan sharqqa aylanadi).
Xulosa qilib aytganda, Veneraga uchirilgan kosmik apparatlar yordamida uning
atmosferasi va sirtiga tegishli quyidagi yangi ma`lumotlar qo`lga kiritildi:
Sayyora atmosferasining bosimi juda Yuqori bo`lib, olimlar hech kutmagan
miqdorni 90 atmosferani ko`rsatdi. Uning 97 foizini karbonat angidrid, suv bug`lari,
kislorod esa atiga 1,5 foizini tashkil qilishi ma`lum bo`ldi. Sayyora sirtida Yaqinda
o`lchangan harorat +470 gradusgacha (sel`siy shkalasida) etadi.
“Tong yulduzi” ning erga yana bir “qarindosh” ligi shundaki, uning osmonida ham
qalin bulutlar kuzatilib, ularning “tizgini” shamolning qo`lida bo`ladi. Qizig`i
shundaki, sayyora atmosferasida bulutlar bir necha qavatga ega, asosiy bulutlar
qatlamining Yuqori chegarasi taxminan 65 kilometr atrofida bo`lib, pastki chegarasi
48-49 killometrli balandlikda yotadi. 65 kilolmetrdan to 85 kilometgacha. Shubxasiz,
zuxra to`g`risidagi bu modelni tugallangan deyishga hali erta.
Yer
Biz ustida yashayotgan osmon jismi, Quyoshdan uzoqligi bo`yicha uchinchi
o`rinda turuvchi planeta bo`lib, Quyoshdan o`rtacha uzoqligi 149,6 million kilometrni
tashkil etadi. Planetamizning ekvatorial radiusi 6378 kilometr, ya`ni qutb radiusidan
taxminan 21 kilometrga ortiqlik qiladi. Yer, Quyosh atrofida sekundiga 30 kilometr
tezlik bilan harakatlanib, 365,24 kunda bir marta to`la aylanib chiqadi. Bir yilda to`rt
faslning planetamizda kuzatilishining sababi, Yer o`qining orbita tekisligiga 66,5
daraja og`maligi bilan tushuntiriladi.
Yer o`z o`qi atrofida 23 soatu 56 minutu 4 sekundda to`la aylanib chiqadi. Biroq
uning Quyoshga nisbatan aylanish davri bir oz uzunroq bo`lib, 24 soatni tashkil qiladi.
Sayyoramizning Quyoshga nisbatan aylanish davrining uzunligiga sabab, Quyoshning
yulduzlar oralig`ida yillik ko`rinma siljishidir (bunday siljish, Yerning Quyosh atrofida
haqiqiy harakatlanishi tufayli sodir bo`ladi).
Yerning o`rtacha zichligi 5,5 g/sm
3
- ga teng bo`lib, massasi taxminan 6 ·1021
kilogrammni tashkil etadi. Planetamizning tuni deyiluvchi atmosferasi minglab
kilometrli balandlikkacha cho`zilib, og`irligi qariyb 5 ming 160 trillion tonna keladi.
Bunday “tun” Yerda hayotning paydo bo`lishi va rivojlanishida muxim rol o`ynagan.
Xususan, 20-30 kilometr chamasi balandlikda joylashgan azon qatlami, Quyoshning
qisqa to`lqinli ul`trabinafsha nurlarini kuchli yutib, barcha tirik jonivorlarning,
jumladan odamzotni, bunday nurlarning xavfli ta`siridan asraydi. Atmosferaning 21
foizga Yaqinini kislorod, taxminan 78 foizini esa azot, qolgan qismini esa boshqa
gazlar: argon, karbonat angidrid va suv bug`lari tashkil qiladi.
Yer gidrosferasiga (Yer yuzidagi qattiq, suyuq va gaz holatidagi suvlarning
majmuasi) ko`ra boshqa planetalardan keskin farq qiladi. Unda faqat suyuq, holatdagi
suvning hajmi 1 million 370 ming trillion kub metr bo`lib, umumiy maydoni 3610
milliard kvadrat metrga teng. Boshqacha aytganda, Yer sirtining qariyb 71 foizini
suvlik tashkil qiladi. Quruqlikning o`rtacha balandligi dengiz satxidan 875 metr
bo`lgani holda, dunyo okeanining o`rtacha chuqurligi 3800 metrgacha boradi.
Suv o`zining ajoyib xususiyatlariga ko`ra, Yerda optimal issiqlik rejimining
vujudga kelishida muxim rol o`ynaydi. Suvsiz organik hayot Yerda vujudga kela
olmasdi.
Grenlandiya quruqligini ko`p qismini muz qoplaydi. Uning umumiy massasi 24
ming 200 trillion tonnaga tengdir. Bordiyu, bunday miqdordagi muz erisa edi, dunyo
okeanining satxi 60 metrga ko`tarilib, quruqlikning yana 10 foizi suv ostida qolgan
bo`lardi.
Yerning qattiq qatlami litosfera deyilib, bu qismda planetamizning asosiy qatlami
mujassamlashgan bo`ladi. Garchi bir qarashda litosfera sirtida turib, uning ichki
tuzilishi haqida ma`lumotga ega bo`lish mumkin emasdek tuyulsada, aslida
sayyoramizning inertsiya momenti va Yer qimirlashlari asosida uning ichki tuzilishi
haqida etarlicha aniq ma`lumotlar olish mumkin.
Gap shundaki, seysmik to`lkinlar bo`ylama va ko`ndalang bo`lib, bo`ylama
to`lqinda zarrachalar to`lqining tarqalish yo`nalishi bo`yicha siljigani holda,
ko`ndalang to`lqinda tarqalish yo`nalishi bilan tug`ri burchak tashkil qiladi.
Ko`ndalang tulqinlarning tarqalish tezligi esa bo`ylama to`lqinlarnikidan katta bo`ladi.
Shuningdek, seysmik to`lqinlar, turli zichlikdagi qatlamlar chegarasidan qaytish va
sinish hususiyatiga ham egadir. Bunday ma`lumotlar asos qilib olingan usullarga
tayangan holda, litosferaping ichki tuzilishi haqida etarli darajada ishonchli
ma`lumotlar olindi.
Xususan, suyuqlikning ko`ndalang to`lqin siljishiga qarshilik qilmasligi tufayli,
bunday to`lqin suyuqlikda tarqala olmasligi bazasida litosferaning suyuq yadrosi
borligi asrimizning boshidayoq aniqlangan edi.
Bu usullar yordamida tekshirishlar, litosferaning qattiq qatlami ham bir jinsli
bo`lmay, taxminan 40 kilometr chuqurlikda keskin chegara borligini bildirdi. Bu
chegaraviy sort uning kashfiyotchisi nomi bilan moxorovichich sirti deb yuritiladi. Bu
sirtdan Yuqori qatlam litosfera po`stlogi osti esa mantiya deb yuritiladi. Mantiyaniig
zichligi 3,3 g/sm
3
dan (moxorovichich sirtida) 5,5 g/sm
3
gacha (yadro chegarasida)
ortadi. Yadro chegarasida zichlik keskin ortib 9,4 g/sm
3
ni tashkil qiladi. Yer
markazida zichlik 14,5 - 18 g/sm
3
gacha tartibda bo`lib, bosim 1 million 300 ming
atmosferaga boradi.
Dostları ilə paylaş: |