Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash


-rasm. Karst g`oridagi konsert zali



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   155
Geologiya majmua

14-rasm. Karst g`oridagi konsert zali.
www/Saga.ua 
 
15-rasm. Aragonit kristallari.
www/Saga.ua


Tog`li, tog`oldi, daryo bo`ylari zonalarida yashaydigan aholi va xalq 
xo`jaligi ob`ektlariga katta xavf tug`diradigan tabiiy ofatlardan biri ko`chkilardir. 
Yirik ko`chkilarning aksariyat qismi zilziladan so`ng yoki zilzila paytida 
hosil bo`ladi. 
Markaziy Osiyodagi er ko`chishi shakli va ko`lami bilan ajralib turadi. 
Ular lyoss qatlamlarida tarqalgan bo`lib, er ostiga shimilayotgan atmosfera 
yog`inlari ma`lum chuqurlikkacha borib, suv o`tkazmaydigan qatlamga etgach 
yonbag`ir bo`ylab oqadi. Hosil bo`lgan yuzaga siljish yuzasi deyiladi. Siljish 
yuzasi ustida turgan er massasiga gravitatsiya kuchi ta`sir qilishi oqibatida 
yonbag`irda tik qoya hosil qilib uzilish paydo bo`ladi va uzilgan bo`lak pastga 
siljiy boshlaydi. Harakatdagi jinslarning hajmi bir necha o`n mln. m
3
largacha 
boradi. 
Er ko`chishi yonbag`irning qiyaligiga, tog` jinsi tarkibiga, atmosfera 
yog`inlari miqdoriga bog`liq holda rivojlanadi. YOnbag`ir qiyaligi qanchalik 
nishab bo`lsa, ko`chkining tezligi shunchalik katta bo`ladi. Ko`p holatlarda 
ko`chki ekzogen jarayonlardan sel, jarlanish, cho`kish hodisalari bilan 
uyg`unlashib ketadi. 
Tarixiy manbalarga nazar tashlasak, hududimizda XX asrning 60-
yillarigacha bu jarayon tabiiy omil natijasida rivojlanib borganligini ko`ramiz. 
60-yillarning oxiriga kelib tog`li va tog`oldi vodiylarida er ko`chishi keskin ortib 
borgan. Bunga asosiy sabab gidrometeorologik sharoitning murakkablashuvi
atmosfera yog`inlarining haddan ziyod bo`lishi, qadimdan lalmikor erlar 
hisoblangan tog`oldi zonalarida xo`jalik faoliyatining kengaytirilishidir. Tog`oldi 
adirliklarida ko`ndalangiga texnik ishlov berilishi natijasida yonbag`irning 
eroziyaga bardoshliligi pasayib ketadi va bu xol avval mahalliy, kichik-kichik, 
so`ng yirik ko`chkilar paydo bo`lishiga olib keladi. Ayniqsa, bunday joylar aholi 
yashaydigan qishloqlarga yaqin bo`lsa, juda katta xavf tug`diradi. 
Er ko`chishi osuda turmush tarziga xavf solishi, ayniqsa qishloq xo`jalik 
iste`molida bo`lgan maydonlarga katta zarar etkazishi oqibatida ko`pgina 
iqtisodiy qiyinchilikni yuzaga keltiradi. SHuning uchun ularning paydo bo`lishi, 
tarqalish maydonlari maxsus dasturlar asosida o`rganib chiqilib, kerakli xaritalar 
tuzilmokda. 
Markaziy Osiyo hududlarida tarqalgan ko`chkilar iqlim sharoiti bilan uzviy 
bog`liq. Masalan, 1954, 1958, 1969, 1978, 1989 va 1998 yillarda atmosfera 
yog`inlari me`yordan yuqori bo`lgani uchun ko`chki jarayonlari ham ko`p 
bo`lgan.
Respublikamizda 
ko`chki 
jarayonlari 
Surxondaryo, 
Qashqadaryo, 
Toshkent, Farg`ona, Samarqand va Namangan viloyatlari hududlarida eng ko`p 
tarqalgan. 
Ko`chkilarning faollashuv xususiyatini keyingi 40 yil ichida tahlil qilish 
ularning ko`payganligini ko`rsatadi. 1962 yildan 1970 yilgacha (ikki mingdan 


ortiq) va 1991 yildan 1999 yilgacha (uch mingdan ortiq) ko`chkilar sodir 
bo`lgan. Bu davrlarda atmosfera yog`inlari juda ko`p bo`lganligi ham qayd 
etilgan. O`tgan asrning oxirgi o`n yilligi ko`chki jarayonining juda faollashgan 
yili hisoblanadi. 
Ko`chkilar tufayli xalq xo`jaligi ob`ektlariga ham jiddiy zarar etkazadi. 
Bunda sanoat inshootlari, temir yo`l plotnalari ham ishdan chiqishi mumkin(147-
rasm). 
Erosti suvlari geologik ishining yana bir ekzotik turi bo`lib balchiq 
vulkanizm hisoblanadi. Balchiq vulkanizm - bu er qa`ridan ma`lum kanallar 
bo`ylab davriy ravishda gaz, suv va balchiqning otilib chiqishidir. Balchiq 
vulkanlarning hosil bo`lishi uchun er po`stida suv, ko`p miqdorda gaz, gilli 
jinslarning keng tarqalganligi va bu materiallarning davriy ravishda er yuzasiga 
otilib chiqishi uchun anomal bosim va er yoriqlari bo`lishi lozim. Omillarning 
bunday uyg`unligi asosan neft va gaz konlari rivojlangan viloyatlarda kuzatiladi 
va ushbu hududning neftegazliligining bevosita belgisi hisoblanadi (qarang: 
Vulkanizm). 
Yer osti suvlari buzish ishlaridan tashqari materiallarni tashiydi va 
yotqizadi. 
Tashilish asosan kimyoviy shaklda, ya`ni chin va kolloid eritmalar 
tariqasida amalga oshiriladi. 
Eritmalardan cho`kindi hosil bo`lishi ularda modda konsentratsiyasining 
oshishi, harorati va filtratsiyasining pasayishi va boshqa sabablar orqali ro`y 
berishi mumkin. 
Yer osti suvlar bilan bog`liq bo`lgan yotqiziqlar orasida ohakli va 
kremniyli tuflar va qo`ng`ir temirtosh keng tarqalgan. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin