“alanga til” lar Quyosh atmosferasida ajoyib manzarani vujudga keltiradi. Quyosh
o`zining “toji” bilan birgalikda (Quyosh toji Yerda Quyosh tutilganida Yaxshi
ko`rinadi) oddiy ko`zga ko`rinadigan Quyoshdan bir necha marta katta shaklda ko`zga
tashlanadi. Oy osmonida yulduzlar, Quyosh tojining ko`rinishi va shafaqning
ko`rinmasligining sababi, oy sirtida atmosferaning yo`qligidandir. Quyosh chiqqandan
so`ng to tun bo`lguncha 7 kunu 9 soat vaqt ketadi. Bu
soyalarda etarlicha salqin
bo`lishining sababi, issiqni “tashuvchi” havo molekulalarning yo`qligidir. Shu tufayli
Quyosh nurlari bevosita tushmayotgan joylarda tunning sovug`i uzoq vaqtga etadi.
Oyga birgalashib sayohatga chiqqan kishi sherigini chaqirib ovora bo`lmasligi kerak.
Chunki u hech qanday ovozni eshitmaydi. Tovush to`lqinlarini tashuvchi muxit ham
havo molekulalari bo`lib, oyda u molekulalar yo`q. Buning uchun maxsus
radioperedatchiklardan foydalanishga to`g`ri keladi.
Oy osmoning chiroyli hodisalaridan yana biri, planetamiz - Yerning ko`rinishidir.
Oy osmonida Yer chiroyli, ko`kimtir shar shaklida ko`rinadi. Biroq yarmidan ko`pi oq
bulutlar hosil qilgan “dog`” lardan iborat bo`ladi. Yer qit`alari bir oz yorishib,
okeanlardan rangi bilan farq qilib turadi. Qalin Yer atmosferasi ularni alohida - alohida
qurishga imkon beradi. yer ham osmonda oy kabi turli shakllarda (fazalarda) ko`rinadi.
Bu holat uning Quyoshga nisbatan oyning qaysi tomonda turganiga bog`liq bo`ladi.
Yer o`zining “to`la Yer” fazasida bo`lganda oy sirtini, “to`linoy” erni yoritgandagidan
40 martagacha ravshanroq yoritadi. Oy osmonida “to`liq er”
kuzatiladigan payt -
Yerdan qaraganda oyning “yangioy” bo`lgan vaqtga to`g`ri keladi. Shuningdek,
osmondagi Yer o`zri atrofida kantsentrik xalqalar shaklida to`q qizil, sariq, ko`k va
xokazo ranglardan iborat chiroyli kamalak kuzatiladi. Agar kosmonavt oy tutilayotgan
paytda oy satxida bo`lsa, u Quyosh tutilishini kuzatadi va bu tutilishning to`la fazasi
Еrdagiday bir necha minutgina davom etmay, rosa bir yarim soatcha davom etadi.
Dostları ilə paylaş: