Nukus konchilik instituti 1 kurs talabasi Tleuov Qayratning Fizika fanidan ishlagan prezentatsiya ishi Mavzu: Yarim o‘tkazgichlik kontakt


Yarim o’tkazgichlik kontaktli hodisalar



Yüklə 8,47 Kb.
səhifə2/3
tarix10.12.2023
ölçüsü8,47 Kb.
#139021
1   2   3
1 kurs talabasi Tleuov Qayratning

Yarim o’tkazgichlik kontaktli hodisalar.


Xona temperaturasida p — turli yarimo‘tkazgichda akseptor kirishmalar manfiy ionlari konsentratsiyasi Na\ kovaklar konsentratsiyasi pp ga, n – turli yarim o‘tkazgichda esa donor kiritmalar musbat ionlari konsentratsiyasi N /, elektronlar konsentratsiyasi n ga teng.
p - v& n - sohalar chegarasida kovaklar va elektronlar konsentratsiyasi gradienti mavjud bo‘lganligi sababli elektronlaming p - sohaga, kovaklarning n – sohaga diffuziyasi boshlanadi.
Diffuziya natijasida chegara yaqinidagi n - sohada elektronlar konsentratsiyasi qo‘zg‘almas musbat donor ionlari konsentratsiyasidan kamayadi va bu qatlam musbat zaryadlana boshlaydi.
Bir vaqtning o‘zida chegaradosh p - sohada kovaklar konsentratsiyasi ham qo‘zg‘ almas manfiy akseptor ionlari konsentratsiyasidan kamayadi va bu qatlam manfiy zaryad ola boshlaydi

Yarim o’tkazgichlik kontaktli hodisalar.


Natijada, chegaradan ikki tomonda qo‘sh elektr qatlam hosil boiadi. Rasmda musbat va manfiy ishoralar bilan belgilangan doirachalar mos ravishda donor va akseptor kiritmalar ionlarini tasvirlaydi.
Hosil bo‘lgan qo‘sh elektr qatlami p-n o'tish deb ataladi. Ushbu qatlamda harakatchan zaryad tashuvchilar bo‘lmaydi.
Shuning uchun uning solishtirma qarshiligi p - va n - sohalamikiga nisbatan juda yuqori bo‘ladi. Adabiyotlarda bu qatlam kambag‘allashgan yoki i-soha deb ataladi.
p - va n - sohalar chegarasidan ikki tomonda joylashgan hajmiy zaryad musbat va manfiy ishoraga ega bo‘lgani sababli p-n o‘tish sohasida kuchlanganligi e bo‘lgan ichki elektr maydon hosil qiladi.

Yarim o’tkazgichlik kontaktli hodisalar.


Ushbu maydon qo‘sh elektr zaryad sohasiga kirgan asosiy zaiyad tashuvchilar uchun tormozlovchi ta’sir qilib, ulaming p-n o‘tish orqali qo‘shni sohaga o‘tishiga qarshilik ko'rsatadi. Potensialning p-n o‘tish yuzasiga perpendikular bo‘lgan X yo‘nalishda o'zgarishi ko‘rsatilgan. Bu yerda p - va n - sohalar chegarasidagi potensial nol potensialga teng deb qabul qilingan funksiyasi hamda zaryad tashuvchilaming zonalar bo‘yicha taqsimlanishi bilan birgalikda ko'rsatilgan.
p-n o‘tishda voltlarda ifodalangan kontakt potensiallar farqiga teng bo‘lgan potensial to‘siq yoki kontakt potensiallar farqi hosil bo‘lishi ko‘rinib turibdi.
Uk qiymati yarimo‘tkazgich taqiqlangan zona kengligi va kiritmalar konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi ifoda bilan hisoblanadi.
Odatda germaniyli p-n o‘tishlar uchun kontakt potensiallar farqi V ni, kremniylilar uchun esa - 0,7V ni tashkil etadi.
p-n o‘tishni hosil qiluvchi Nd va Na kiritmalar konsentratsiyasi texnoiogik chegarada zinasimon o‘zgarsa keskin p-n o'tish yuzaga keladi.
Uning kengligi l0 nafaqat kiritmalar konsentratsiyasiga, balki o‘tishdagi konsentratsiyaning o‘zgarish qonuniyatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi ifoda bo‘yicha topiladi.
Asosiy zaryad tashuchilaming p-n o‘tish orqali diffuziyalanishi bilan bir vaqtda noasosiy zaryad tashuvchilaming p-n o‘tish maydoni yo‘nalishida siljishi boshlanadi.
Bu maydon noasosiy zaryad tashuvchilarga tezlatuvchi ta’sir ko‘rsatib, dreyf tokini hosil qiladi.
p-n o‘tishga elektr kuchlanish berilmaganda termodinamik muvozanat yuzaga keladi, ya’ni diffuziya va dreyf toklari absolut qiymatlari teng bo‘ladi.
Diffuziya va dreyf toklari qarama-qarshi tomonlarga yo‘nalgan boigani sababli p-n o‘tish orqali tok oqmaydi, ya’ni makroskopik zaryad tashish amalga oshmaydi.

Yüklə 8,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin