Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Bu vaqtda bolalar tarbiyachi harakatiga taqlid qiladilar



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə75/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,35 Mb.
#112803
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   247
BOLALARNING NUTQINI O’STIRISH FANINING PREDMETI MAQSAD VA VAZIFALARI

Bu vaqtda bolalar tarbiyachi harakatiga taqlid qiladilar.

Metodik ko’rsatmalar: Keng tilning pastki old tishlar ustida bemalol yotishini nazorat qiling.

«Qorcha uchqunlamokda»

Mazmuni: Bolalarga «qor uchqunlari» - ipga terilgan paxta tutamchalari tarqatiladi. Bolalar, shamolni tasvirlaganlari holda shoshmasdan «qor uchqunlarini» puflaydilar.

Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning yuzlarini shishirmagan holda uzoq vaqt mobaynida bir tekis puflashlarini nazorat qiling.

  1. ish turi:

Maqsad: Artikulyatsiya apparati harakatlarini aniqlashtirish, alohida ajratilgan «S» tovushini to’g’ri talaffuz etish. Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish, uzoq vaqt davomida og’izdan nafas chiqarishni mashq qilish.

«Nasos»

Mazmuni: Tarbiyachi deydi: «Bolalar velosipedda sayr qilishga qaror qilishgan edi, lekin ular g’ildiragining dami chiqib ketibdi. Ular nasoslarni olib, g’ildiraklarni damlashga kirishdilar. Nasosdan chiqayotgan havo xushtak chalmokda: sssss..sss..Barchamiz birgalikda g’ildiraklarni damlaymiz. Bolalar ana shu harakatlarga taqlid qiladilar, tarbiyachi bilan birgalikda «s» tovushini cho’zib aytadilar.

Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning tovushni aniq, to’g’ri va cho’zib aytishlarini nazorat qiling.

  1. ish turi:

Maqsad: so’zlarda «s» tovushining to’g’ri talaffuz qilinishini mustahkamlash, fonematik tinglashni rivojlantirish, so’zlarning adabiy me’yorlarga muvofiq holda aniq talaffuz etilishiga erishish.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin