Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Ikkinchi yarim yillik. Bolalarni badiiy asarlarni qayta hikoya qilishga o'rgatishni davom ettirish



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə81/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,35 Mb.
#112803
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   247
BOLALARNING NUTQINI O’STIRISH FANINING PREDMETI MAQSAD VA VAZIFALARI

Ikkinchi yarim yillik. Bolalarni badiiy asarlarni qayta hikoya qilishga o'rgatishni davom ettirish.

Bolalarni manzarali suratlar bo'yicha maxsus hikoyalar to'qishga o'rgatish, ularni surat mazmunini tushunishga, suratdagi manzarani tevarak-atrofdagi manzaralar bilan taqqoslashga. o'z hikoyalarida tasviriy so'z va iboralardan foydalanishga o'rgatishni davom ettirish. Bolalar mustaqil hikoya tuzayotganlarida og'zaki nutq shakllaridan foydalanishlariga erishish.

Ijodiy hikoya qilish: tarbiyachi tomonidan taklif etilgan mavzu bo'yicha voqeani izehil davom ettirib, tugal mazmunli hikoya tuzish ko'nikmalarini mustahkamlash, voqea sodir bo'lgan joy, vaqt, tabiat manzarasini qisqacha tasvirlash, qahramonlarning ruhiy kechinmalarini ko'rsatishlariga ahamiyat berish: „Gul bayrami'', „Navro'z", „Onamlarning bayrami", „Bahor keldi", „Men qushlarga don berdim“, „Men onamga yordamchi", „Tomorqada", „Mening mushugim", „Metroda", „Avtobusda", „Trolleybusda", „Ko'chada", „Bozorda", „Do'konda", „Arqon o'ynadik", „Quvlashmachoq", ,,Bekinmachoq“, „Mehmon- mehmon" mavzularida hikoya o'ylab topishga undash.

Mustaqil tuzgan hikoyalaridagi personajlarga qisqacha ta'rif berishlariga, ularning xatti- harakatlarini baholashlariga ham diqqatni qaratish va o'rgatib borish.

Mustaqil tanlangan mavzu bo'yicha hikoya tuzishda voqealarning izchilligiga, tugal mantiqqa ega bo'lishiga, tasviriy ifoda vositalaridan o'rinli foydalanishlariga ahamiyat berish.

Monolog nutqini o'stirishning yuqoridagi dastur vazifalari va mazmuniga ko'ra bog'chaning o'rta guruhidagi bolalar hikoya qilib berishning quyidagi turlarini egallashlari lozim:


  1. Yüklə 1,35 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin