Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə89/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,35 Mb.
#112803
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   247
BOLALARNING NUTQINI O’STIRISH FANINING PREDMETI MAQSAD VA VAZIFALARI

Savollar berish usuli.

Baholash usuli.

Bu usuldan foydalanishning asosiy maqsadi shundaki, baho faqat hikoyasi baholanayotgan bolagagina ta’sir etib qolmasdan. balki hikoya tuzishi lozim bo'lgan boshqa bolalarga ham ta'sir qilsin. Shuning uchun bu usuldan mashg'ulot davomida foydalaniladi. Mashg'ulot oxirida berilgan baho. o'z mohiyati bilan foydasizdir, bundan tashqari, barcha tinglangan hikoya- larning sifati qanday bo'lganligini bola esda saqlashda qiynaladi, mashg'ulotning oxirida ular toqatsizianadilar va buning natijasida tarbiyachining ko'rsatmalarini idrok eta olmaydilar. Har bir hikoyani batafsil baholash shart emas, biroq ayrim hikoyalardagi biror ahamiyatli tomonni, izchillikni, yangilikni yoki kamchi- liklarni (lug'ati, ovoz kuchi, qomatini noto'g'ri tutish va hokazo) aytib o'tish kerak.

Masalan, ikkita o'yinchoqni stol bo'ylab yurgizib, harakat- larini aniq aytib, hikoya qilib berish topshirig'i berilgan.

Tarbiyachi hikoya qilib bergan bolaning hikoyasini shunday baholaydi: „Yasha, Salim. Sen birinchi bo'lib hikoya qilib bersang- da, o'rdakchalar qanday harakat qilishlarini aytishni csingdan chiqarmading, Sening hikoyangni qiziqib tingladik".

Ba'zan o'rtoqlarining hikoyasini muhokama qilishga bolalarning o'zini ham jalb qilish mumkin. Bu usul katta guruhlarda qo'JIaniladi. Chunki 6 yoshli bolalar hikoyaning sifatini (to'liq- ligini, qiziqarliligini, ifodaliligini va boshqalarni) ayta oladilar.

Shunday qilib, tarbiyachi bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishda foydalaniladigan hamma usullarni juda yaxshi bilishi va bu usullardan sharoitga qarab, mashg'ulot uchun yetakchi usulni tanlashi kerak.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin