Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Qisqa xalq ertaklarini qayta hikoya qilishdan so'ng kichik hajmdagi hikoyalarni qayta hikoya qilishga o'tishi mumkin (Mirnuihsin. „Olxo'ri", ,,Tosh“)



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə97/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,35 Mb.
#112803
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   247
BOLALARNING NUTQINI O’STIRISH FANINING PREDMETI MAQSAD VA VAZIFALARI

Qisqa xalq ertaklarini qayta hikoya qilishdan so'ng kichik hajmdagi hikoyalarni qayta hikoya qilishga o'tishi mumkin (Mirnuihsin. „Olxo'ri", ,,Tosh“).

Mashg'ulotda asarga ishlangan illustratsiyalar ko'rsatiladi. Ko'rsatish savollar, ko'rsatmalar berish bilan birga qo'shib olib boriladi. Illustratsiyalarni asarni o'qib berishdan awal yoki o'qib bergandan keyin ko'rsatgan ma'qul. Tarbiyachi shunday deydi: „Hozir men sizlarga rasmlarni ko'rsataman, so'ngra hikoya o'qib beraman" yoki „Hozir hikoyani o'qib bcraman, so'ng rasmlarni ko'rsataman".

O'rta guruhda bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatishda ancha murakkab bo'lgan vazifalar hal etiladi: bolalarni kichik hajmli va tanish bo'lgan ertak va hikoyalarni hikoya qilib berishga o'rgatib qolmasdan, balki asar qahramonlarining gaplarini ifodali qilib bayon etishga, boshqa bolalarning qayta hikoya qilishlarini diqqat bilan tinglashga va matnga taalluqli bo'lmagan jumlalarni topishga o'rgatadi. Ushbu guruhda bolalar butun yil davomida 8 —10 ta adabiy matnni (o'zbek ertaklaridan „Tulki bilan Turna", „Maqtanchoq quyon", „Fil va xo'roz", „Ikki o'rtoq", A. Oripov- ning „Bobo va nabira" she'rining mazmunini qayta hikoya qiladilar.

O'rta guruh bolalariga qayta hikoya qilishlari uchun tavsiya etilgan asarlar mavzusi, mazmuni va shakli jihatdan katta farq qiladi. Shuning uchun o'rta guruh bolalarini qayta hikoya qilishga o'rgatislidagi muhim vazifa — bu ularga asarning mantiqiy bog'lanishini, uning

mazmunini tushunib olishga yordam berishdir. Bunga asarni dastlabki o'qishdan so'ng o'tkaziladigan suhbat orqali erishish mumkin. Bunday suhbatda tarbiyachining savollari asosiy metodik usul bo'lib hisoblanadi.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin