Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


O‘qilgan she’rni hamma bolalar esda saqlab qolishlariga erishish



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə120/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,35 Mb.
#112803
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   247
BOLALARNING NUTQINI O’STIRISH FANINING PREDMETI MAQSAD VA VAZIFALARI

O‘qilgan she’rni hamma bolalar esda saqlab qolishlariga erishish.

  • Bolalarda she’rga (poeziyaga) nisbatan qiziqish uyg’otish va mustahkamlash.

  • She'r mazmunini va undagi ayrim qiyin so'zlarning ma'nosini tushunib olishlariga yordam berish.

  • Tinglovchilar oldida she’rni ifodali aytib berishga o'rgatish.

    Bu vazifalarning barchasi bir vaqtda amalga oshiriladi. Yodlatish uchun she’r tanlashda „Dastur“ vazifalariga, bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga, esda saqlash qobiliyatlariga e 'tibor berish kerak. Yodlatish uchun she'r tanlashda shuni hisobga olish kerakki, she’r hajm jihatidan uncha katta bo’lmasligi, kichik guruhlarda Ibanddan oshmasligi, o‘rta guruhda 2 band, katta guruhlarda 3—4 banddan oshmasligi kerak.

    Bolalar bir oy ichida kuni bilan 1—2 ta she'rni (mashg'ulotda) yod oladilar. Ba'zilarini (sanamalar, kikillamalar, ashulalarni) mashg’ulotdan tashqari vaqtda (sayrda, o‘yin jarayonida) beixtiyor eslab qoladilar. Tarbiyachi bolalar bilan she'r yod oldirish mashg‘ulotini tashkil etishdan avval guruhdagi bolalaming qaysisi tez, qaysi birlari sekin, qaysilari puxta, qaysilari bo’sh yod olishlarini aniqlab olishi kerak.

    Kichik guruhda she’r yod oldirishda ko‘rsatmalilik, o‘yin harakatlari orqali ko‘rsatish, ovozga taqlid qilish usullaridan keng foydalaniladi. Masalan, “Ayiqcham” she’rini yodlatish.

    Dastur mazmuni. Bolalarni she’r mazmuni bilan tanishtirish, uning ma'nosini tushunishga va yod olishga yordam berish. Bolalarni o‘z o‘rtoqlari oldida she'r aytishga o‘rgatish. Mashg‘ulot uchun material. Katta ayiqcha o'yinchog'i.


    Yüklə 1,35 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   247




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin