Bolalar: Bu – yer
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar to`g`ri topdingiz. Mana guruhimizada beshta markazlarimiz mavjud faoliyatimizni markazlarda davom ettiramiz. Qani o`rmizdan turib olamiz
Dam olish daqiqasi: Shamol bo`lib esamiz,
Qushlar bo`lib uchamiz.
Baliq bo`lib suzamiz,
Avval o`nga qaraymiz,
So`ngra chapga qaraymiz.
Sekin asta yurib,
Joyimizga o`tiramiz.
Tarbiyachi:Mana endi bolalar o`zingiz hohlagan markazlarga borib o`tirishingiz mumkin va meni tinglashda davom eting marhamat.
Bilasizmi bolajonlar siz aytganingizdek yer sayyoramiz doira shaklida unda suvliklar, quruqliklardan iborat jamiki tirik jonzot shu yer sayyorasida yashaydi. Koinotda boshqa sayyoralar ham mavjud. Bular quyosh, oy, yer sayyoramiz quyosh sistemasidagi uchinchi sayyora hisoblanadi. Mana endi bolalar biz sizlar bilan yer sayyorasi haqidagi video rolikni birgalikda tomosha qilamiz. Bolalar markazlarda ishlashdi. Bolalar ishlari kuzatilib so`ng markazlarda qanday faoliyat olib borganliklari haqida suhbat
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Yer sayyorasida nimalar joylashgan?
2.Yer quyosh sistemasidagi nechinchi sayyora?
3.Tunda osmonda nimalar ko`rinadi?
O`yin: Yulduzcha
O`yinning borishi:
O`yinda 6ta bola ishtirok etadi. Bu o`yin besh qirrali yulduz shaklida o`ylanadi. Har bir burchakda bittadan bola turadi. Oltinchisi esa markazda. Markazdagi bola atrofdagi birorta bolaning ismini aytib o`sha ismi aytilgan bolaning o`rniga borib turadi. Nomi aytilgan bola esa markazga qarab yurishi kerak. Kim oldin borsa o`sha yurgan bo`ladi va o`yinga boshchilik qiladi. Yetib kelolmagan o`yindan chiqadi va o`yin uning o`rniga boshqa bola turadi.
Tarbiyachi: bolajonlar ta`limiy faoliyatdagi ishtirokingiz uchun hammangizga rahmat barchangiz ta`limiy faoliyatda faol ishtirok etdingiz. Mana endi sizlar bilan “Oy bola” haqidagi multfilmni birgalikda tomosha qilamiz.
Nutq o`stirish ta`limiy faoliyati