Ko`rsatmalilik usuli. Bu usulda o‘quv materiali ko‘rgazma, texnik vositalar, turli didaktik materiallar asosida o‘rgatiladi. Ko`rsatmalilik usuli maktabgacha ta'limda eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biridir. Ko`rsatmalilik usulida bolalar narsa, buyum, voqea hodisani ko`rish, kuzatish, rasm-illyo‘strtsiyalarni ko‘rish, sayr ekskursiyadagi kuzatishlari asosida mulohaza qiladi, fikrlaydi va nutqni bayon qiladi. Bu usulda guruh xonasidagi buyumlar, tabiat burcgahidagi o‘simlik, hul va hayvonlar, ko‘shlarni kuzatishi, kattalar mexnati, tevarak - atrofdagi voqea-hodisalar ko‘rgazmalilik
Xulosa
Xulosa qilib aytganda bola narsalar bilan harakat qilar ekan, hayotining ikkinchi yiliga kelib, ularning jismoniy (hajmi, shakli, rangi) va dinamik xususiyatlarini, masofaviy munosabatlarini (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga ajratish va qismlardan butun narsani yig‘ishni (piramida, matreshka kabi o‘yinchoqlarni qismlarga ajratadi va qayta yig‘adi) o‘zi uchun kashf qiladi. Biroq, bola narsalar bilan qanchalik ko‘p harakat qilmasin, u baribir ularni amalda qo‘llashning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat yeyiladi, bo‘tqa aralashtiriladi; sochiqqa qo‘llar, yuz artiladi; qalam bilan rasm chiziladi va h.k.) mustaqil ravishda kashf qila olmaydi. Narsalarning vazifasi va ularni amalda qo‘llash usullarini bolaga kattalar o‘rgatadilar.
Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bolaning o‘z faol nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlashning ramziy vazifasi, ya'ni real narsalarning o‘rnini almashtira olish hamda o‘rin bosuvchi narsalar va til belgilari bilan amallar bajarish qobiliyatlari rivojlanadi. Biroq nutqqacha predmetli harakatlarni (aynan bir narsa bilan turli harakatlarni yoki turli narsalar bilan aynan bir xil harakatni bajarish), juftlik o‘yinlarni («ku-ku», «shar yumalatish» va boshq.) rivojlantirish va umumlashtirishga oid uzoq yo‘lni bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. Edited by N.F. McGinn and E.H.Epstein Comparative Perspectives on the Role of Education in Democratization Frankfurt am Main; Berlin; Nev York; Lang, 1999
2. R.M.Qodirova. O‘zbekiston bolalar bog`chalari va maktablarida bolalarga 5-6 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o‘rgatish. T., ―O‘qituvchi1993.
3. F.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o`zbekcha so`zlashishga o`rgatish. T.,―O`qituvchi 1993
4. R.M.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy omillari. Qoz.,Sariog‘och, 1998.
5. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o`rgatish metodikasi. T.,―Sano-standart, 2004.
6. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. ―Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. T., ―Istiqlol, 2006.