Nutq tovushlari va harf slayd



Yüklə 7,83 Mb.
tarix02.12.2023
ölçüsü7,83 Mb.
#137510
NUTQ TOVUSHLARI VA HARF


NUTQ TOVUSHLARI VA HARF
O’tgan mavzuni mustahkamlash
Uyga vazifa Odamiylik sifati kuchli bo‘lgan ertak qahramonlarini tasvirlab 10 ta gap yozing. Jarangli undoshlarning talaffuzda jarangsizlanishi kuzatiladigan so‘zlarni ajratib, tagiga chizing
Topshiriq. Feruza va Abrorning kuz fasli haqidagi hikoya-nutq larini tinglang. Ularning faslga bo‘lgan munosabatlarini taqqoslang.
Feruza: – Ona tabiatning to‘rt faslga mos harir ko‘ylagi bor. Ular bir-biriga aslo o‘xshamaydi. Har biri o‘zgacha, bejirim va o‘ziga xos. Go‘zalligi, zeb-u ziynati ham bir-biridan farq qiladi. Liboslarning nomi: bahor, yoz, kuz, qish. Ona tabiat barcha liboslarini o‘z vaqtida almashtiradi.
Ko‘ylaklari orasida oltin tusda tovlanuvchisi bahri dilingizni ochadi. U turli noz-ne’matlardan iborat mo‘l-ko‘lchilik matosidan tikilgan.
Abror: – Kechalar salqinlashadi. Kun unchalik issiq emas. Ertalab yomg‘ir yog‘adi, atrofda uning hidi. To‘g‘ri, kattalar va bolalar issiqdan charchashgan. Biroq hech kim sovuq yoki yomg‘irni xohlamaydi. Quyosh kuchsiz nur socha boshlaydi. Ba’zilar kuz kunlarida uyida ayiq kabi uxlashni istaydi.
Tabiat xuddi oqsoqol, qariyadek egilib qolganga o‘xshaydi.
Kuzning “kulrang kundalig”i hammaga har xil ta’sir qiladi.
Ammo shunisi borki, aynan shu faslda kamalakning barcha ranglaridagi, turli shakllardagi turfa yaproqlarni ko‘rish mumkin. Faqat shugina odamga yoqadi. (“Gulxan” jurnalidan)
Topshiriq. 36-mashq. Tengdoshlaringizning fikrlaridan foydalanib, siz ham kuz haqida o‘zingizga xos o‘xshatishlar toping, daftaringizga yozing.
Namuna: 1. Kuz – bahorda ekilgan ekinlarni yig‘ishtirish fasli.
2. Kuzda ba’zi qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadi.
37-mashq. Berilgan topishmoqli matnni o‘qing. Keltirilgan ta’rif aso sida katakchalar ichiga yashiringan kuz ne’mati nomini aniqlang.
Poliz ekini, kattaligi odam boshidek keladi, mevasi qat-qat yaproqlardan iborat. Uning shirasi yo qaynatmasini kunjut yog‘i bilan qo‘shib, tomoq chayilsa, og‘riq- qa foyda bo‘ladi.
38-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli harfni qo‘yib, matnni
ko‘chiring.
So‘zlarni talaffuz qilganingizda qanday holni kuzatdingiz.
Kuzda ona tabiat bor sa...ovatini insonlarga to‘ki... soladi. Bir-biridan shirin meva va sabz...votlardan to‘yib iste’mol qilgan kishi qish bo‘yi kasalga chali..maydi. Ayni...sa, yurtimizda kuz o‘zgacha fayzli bo‘ladi. Hamma yo...da to‘kin-sochinlik.
Shunday yurt...a yashayot...animizdan fa...rlansak arziydi.
(“Gulxan” jurnalidan)
. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilib o‘qing. Ma’no sidagi farqqa diqqat qiling va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Artish – tozalash Archish – po‘stlog‘idan ajratish
Ato – in’om, sovg‘a Ota – farzandli er kishi
Shoh – podsho Shox – daraxt shoxi
Bog‘ – mevali bog‘ Boq – qara, o‘stir
UYGA VAZIFA:
Saxiy kuz haqida 10 ta gapdan iborat ertak to‘qing.
Darsni yakunlash
Guruhlar qo’lga kiritgan rag’bat
kartochkalar hisoblanib,g’olib
jamoa aniqlanadi va munosib
baholanadi
E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 7,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin