Nutqning fonetik birliklari. Bo`g`in va urg`u


Gaplar tuzilish jihatdan ikki guruhga bo‘linadi



Yüklə 403 Kb.
səhifə2/5
tarix15.11.2023
ölçüsü403 Kb.
#132605
1   2   3   4   5
Nutqning fonetik birliklari. Bo`g`in va urg`u

Gaplar tuzilish jihatdan ikki guruhga bo‘linadi:

  • 1. Sodda gap bir predikativ birlikdan iborat bo‘lib, uning tarkibi ayrim gaplarga bo‘linmaydi. Masalan: G‘ir-g‘ir shabada turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keladi. (O.). Oqil va donolar bilan suhbatdosh bo‘ling. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
  • 2. Qo‘shma gap mazmun va grammatik jihatdan birikkan ikki va undan ortiq predikativ birliklardan tuzilib, uning tarkibi ikki va undan ortiq gaplarga bo‘linadi. Masalan: Hali daraxtlar barg chiqarmaganu, pushti guldastaga o‘xshab gullagan bir tup bodom qo‘shni hovlining devori osha yashnab turibdi. (P.Q.). Haqiqiy do‘stlik suvdek zilol, qalbaki do‘stlik – tuz qo‘shilgan asal. (Maqol).

Sodda gap

  • Sodda gaplar grammatik asosining tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: ikki bosh bo‘lakli gaplar va bir bosh bo‘lakli gaplar. Grammatik asosi ikki bosh bo‘lakdan ega va kesimdan iborat bo‘lgan gaplar ikki bosh bo‘lakli gaplar deyiladi. Masalan: Mehnatdan do‘st ortar. (Maqol).
  • Grammatik asosi bir bosh bo‘lakdan iborat bo‘lgan gaplar bir bosh bo‘lakli gap deb yuritiladi. Masalan: Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga. (Maqol).
  • Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning qatnashishi-qatnashmasligiga ko‘ra ikki xid bo‘ladi: yig‘iq gaplar va yoyiq gaplar.
  • Bosh bo‘laklardangina yoki bir bosh bo‘lakdan tashkil topgan gap yig‘iq gap, ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Yomg‘ir tindi. Bulutlar hamon qaysarlik bilan quyosh yuzini to‘sib turardi. (S.Karomatov). Birinchi gap yig‘iq gap bo‘lib, faqat bosh bo‘laklardan tuzilgan. Ikkinchi gapda bosh bo‘laklar (bulutlar – ega, to‘sib turardi – kesim)dan tashqari , ikkinchi darajali bo‘laklar ham (hamon, qaysarlik bilan - hollar, quyosh - aniqlovchi, yuzini – to‘ldiruvchi) qatnashgan. Shuning uchun bu gap yoyiq gapdir.
  • Bir bosh bo‘lakli gaplar ham, ikki bosh bo‘lakli gaplar ham zarur bo‘laklarning to‘la ifodalanishi yoki tushirilishiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: to‘liq gap va to‘liqsiz gap. To‘liq gaplarda zarur bo‘laklarning barchasi qatnashadi, to‘liqsiz gaplarda zarur bo‘laklarning biri yoki bir qismi tushiriladi.
  • Masalan: - Ilgari qaerda ishlagan edilar? (To‘liq gap).Dastavval Surxondaryoda, keyin qarshi cho‘lida. (O.Y.) (To‘liqsiz gap). 

Yüklə 403 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin