Nutqning fonetik birliklari. Bo`g`in va urg`u



Yüklə 403 Kb.
səhifə4/5
tarix15.11.2023
ölçüsü403 Kb.
#132605
1   2   3   4   5
Nutqning fonetik birliklari. Bo`g`in va urg`u

1. Egasi topiladigan gap

  • 1. Egasi topiladigan gap
  • Egasi topiladigan gaplarda Egasi kesim orqali beriladigan so‘roq bilan topish mumkin. Bunday gaplar shaxsi aniq, shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan gaplarga bo‘linadi.
  • Shaxsi aniq gap. Kesimi, asosan, fe’l bilan, ba’zan fe’ldan boshqa so‘z bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turadigan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi aniq gap deyiladi.
  • Shaxsi aniq gaplarda ega Lesik jihatdan shakllanmaydi va unga hech qanday ehtiyoj ham bo‘lmaydi; kesim vazifasida kelgan so‘z tarkibidagi tuslovchi affikslar shaxsni aniq ko‘rsatib turadi.
  • Shaxsi aniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi:
  • 1. Aniqlik (ijro) maylidagi fe’l va boshqa so‘z turkumlari bilan. Masalan: Ertalabki poyezddan qolmaslik uchun shoshilib chiqib ketayotgan edi. (O‘.Hoshimov).
  • Shaxsi aniq gap kesimining aniqlik maylidagi fe’l bilan ifodalanishi quyidagicha:
  • a) o‘tgan zamon fe’l shakllari bilan: Ular bilan ham murosa qilolmagan edingiz-ku ... (P.Qodirov). Abdukarimova haqida bilmoqchi edim. (F.Musajonov).
  • b) hozirgi zamon fe’l shakllari bilan: Endi ularning xatosini tuzatish uchun qancha mashaqqat chekamiz. (P.Qodirov). Gapimni tushuntirolmay qolamanmi deb qo‘rqyapman. (J.Abdullaxonov).
  • v) kelasi zamon fe’l shakllari bilan: Hech kim bilan hech qanaqa raqobat qilmoqchimasman. (J.Abdullxonov). Saviyasini tekshirmoqchimisan? (F.Musajonov).
  • 2. Buyruq - istak mayidagi fe’l bilan: - Xatlarni menga bering! – deb qoldi Tolib aka. (F.Musajonov). Gazeta ishidan misol keltiib gapiray. (F.Musajonov).
  • 3. Shart maylidagi fe’l bilan:
  • Xulosangizga astoydil ishonsangiz, nimdan qo‘rqasiz? Tushuntirsangiz, tushunishadi. (J.Abdullaxonov).
  • Shaxsi aniq gapning kesimi ba’zan fe’ldan boshqa so‘zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Kelishgan, o‘qimishlisiz, buning ustiga yoshsiz. (F.Musajonov). Mulla Usmon, ... hammasidan xabardorsiz. (P.Qodirov).
  • Shaxsi aniq gaplar badiy adabiyotda, ayniqsa, dialogik nutqda ko‘p qo‘llanadi.

Yüklə 403 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin