Bir vaqtning o’zida eskirish
summasining o’tkazilishi
0299
0290
3
Moliyaviy ijara shartnomasining muddati
tugaguniga qadar ijaraga bеruvchiga
qaytarilgan ob'еktga hisoblangan eskirish
summasi
0299
0310
4
Moliyaviy ijara shartnomasining muddati
tugaguniga qadar ijaraga bеruvchiga
qaytarilgan ob'еktlar bo’yicha moliyaviy
ijara shartnomasi bo’yicha to’lanmay
qolgan qoldig’ning:
joriy qismiga
Uzoq muddatli qismiga
6950
7910
0310
0310
5
Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha
olingan asosiy vositalarni qayta
baholash:
a) qiymatining oshirilishi
b) qiymatining kamaytirilishi
0310
8510
8510
0310
Hozirgi davrda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar nafaqat ob’ektlarni ijaraga
oladilar, balkim o’zidagi vaqtincha ishlatilmay turgan ortiqcha asosiy
vositalarni boshqa sub’ektlarga ijaraga ham beradilar. Ya’ni, ijaraga
beruvchi vazifasini ham bajaradilar.
Asosiy vositalar ijaraga berilayotganda tegishli ijara shartnomasi
tuziladi va unda ijara shartlari, ya’ni ijara muddati to’lanadigan summalar,
to’lash vaqtlari, to’lash tartiblari va boshqa shartlar ko’rsatiladi.
Ushbu
ijara to’lovlari muomalalarini hisobga olish uchun 0920-«Olinadigan
moliyalashtirilgan lizinglar» schyoti ochilgan. Ushbu schyot ijaraga
beruvchi tomonidan yuritiladi.
Tuzilgan «Dalolatnoma»ga muvofiq, ijarachiga tegishli ob’ekt ijaraga
berilgan vaqtda uning balans qiymati 9210- «Asosiy vositalarning chiqib
kеtishi» schyotining debetiga va tegishli 0100-«Asosiy vositalar»
schyotining kreditidan olib boriladi va shartnomaga asosan kelishilgan
baholar ijara summasining uzoq muddatli qismi 0920-«Moliyaviy ijara
bo’yicha olinadigan to’lovlar» schyotining debetida, qisqa muddatli qisim
esa 4810-" Молиявий ижара бo’йича олинадиган тo’ловлар - жорий
исм
қ
Moliyalashtirilgan lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar"
schyotining debetida va umumiy summa 9210-"
Asosiy vositalarning
238
chiqib kеtishi" schyotining kreditida ko’rsatiladi va farq summasi esa
quyidagi tartibda aks ettiriladi: muddati uzaytirilgan daromad qismi
7290-"Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar" schyotida va joriy
daromad qismi esa 6210-"Muddati uzaytirilgan daromad" schyotining
kreditiga 9210-" Asosiy vositalarning chiqib kеtishi " schyotining
debetidan olib boriladi.
Uzoq muddatli ijara shartnomasiga asosan hisoblangan foizlarning joriy
qismi 4820-"Olinadigan foizlar" schyotining debetida va 9530- «Foiz
ko’rinishidagi daromadlar» schyotining kreditida qayd qilinadi.
Ijaraga
berilgan asosiy vositaning qoldiq qiymati bilan shartnomada kelishilgan
ijara summasining o’rtasidagi farq 7290-"Boshqa muddati uzaytirilgan
majburiyatlar"
schyotining debetidan
9550-"Moliyaviy lizing
shartnomasiga asosan berilgan mulkdan olingan daromad" schyotining
kreditiga olib boriladi.
Ijarachilardan olingan ijara haqlari tegishli pul mablag’lari (5110, 5210,
5220, 5500) schyotlarining debetiga 4810-«Lizing bo’yicha olinadigan joriy
to’lovlar» schyotining kreditidan va olingan foiz to’lovlarining
qismlari
4820-«Olinadigan foizlar» schyotining kreditida aks ettiriladi. Ushbu
summalar keyinchalik 0920-«Olinadigan moliyalashtiriladigan lizing»
schyotining kreditidan 4810-«Moliyaviy lizing bo’yicha olinadigan joriy
to’lovlar» schyotining debetiga olib boriladi.
Tegishli ob’ektning uzoq muddatli ijara muddatining oxirida
0920-"Olinadigan moliyalashtirilgan lizing", 4810-"Moliyaviy lizing
bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar" va 6210-"Muddati uzaytirilgan
daromad" schyotlarida qoldiq qolmaydi.
Agarda shartnomada belgilangan muddatdan
oldin ijaraga berilgan
asosiy vosita ijarachining mulkiga o’tkazilsa sotib olingan bahosidan ijara
to’lovlarining summasi chegirilgan holda yuqorida keltirilgan ijara
to’lovlarini qayd qilish tartibida schyotlarda qayd qilinadi.
Masalan: asosiy vosita «Mersedes» avtobusi ijaraga berildi.
ob’ektning boshlang’ich qiymati 35.000.000 so’m. Debet
9210-"Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimlari"
schyoti va kredit
0160-"Transport vositalari" schyoti;
ijaraga berish sanasida ob’ektning eskirish summasi 4.500.000 sum.
Debet 0260-"Trasnport vositalarining eskirishi" schyoti va kredit
9210-"Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimlari" schyoti.
tuzilgan shartnomaga muvofiq kelishilgan
ijara haqining summasi
36.000.000 so’m. Debet 0920-"Olinadigan moliyalashtirilgan lizinglar"
239
schyoti va kredit 9210-"Asosiy vositalarning sotilish va boshqa chiqimlar"
schyoti;
Кo’rsatilgan daromadning miqdori - 5.500.000 so’m. Debet
9210-"Asosiy vositalarning sotilishi va boshqa chiqimlari" schyoti va
kredit 9550-"Moliyaviy lizing shartnomasiga asosan berilgan mulklardan
olingan daromadlar" schyoti.
har oyda hisoblanadigan to’lov miqdori – 54.000 so’m. Debet
4820-"Olinadigan foizlar" schyoti va kredit 9530-"Foiz ko’rinishidagi
daromadlar" schyoti.
har oyda olingan ijara to’lovlarining miqdori 54000 so’m. Debet
5110-"Hisob-kitob schyoti" va kredit 4820-"Olinadigan foizlar" schyoti.
hisoblangan daromadlarni moliyaviy natijalarga olib borish 648.000
so’m. Debet 9530-"Foiz ko’rinishidagi daromadlar" schyoti va kredit
9910-"Yakuniy moliyaviy natija" schyoti.
0920-«Olinadigan moliyalashtirilgan lizing» schyoti bo’yicha analitik
hisob har bir ijara shartnomasi bo’yicha ayrim yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: