O bobojonov k. Jumaniyozov


Nomoddiy aktivlarning analitik va sintetik hisobini



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

5.12. Nomoddiy aktivlarning analitik va sintetik hisobini 
tashkil qilish.
Nomoddiy aktivlarni yoki kechiktirilgan xarajatlarni ishlatish davrida 
bu aktiv bilan bog’liq bo’lgan, foydaning tartibli qiymati, uning hozirgi 
balans qiymati sub’ekt uchun uning iqtisodiy foydaliligidan, ya’ni ishlatish 
qiymatidan olayotgan daromadining oshayotganligini ko’rsatish mumkin. 
Bunday holatlarda amortizasiya bo’lmagan qiymatni hisobdan chiqarish va 
zararni tan olish kerak, bu esa aktiv qiymatining kamaytirilishini aks 
ettiradi. Кo’rib chiqilgan qiymat bashorat qilingan, qolgan xizmat muddati 
ichida (lekin olish muddatidan boshlab 40 yildan oshmasligi kerak) 
amortizasiya qilinishi lozim. Nomoddiy aktivlar qiymatining 
kamaytirilishini moliyaviy hisobotga ilova qilingan tushuntirish xatida 
yoritish shart.
Boshlang’ich xujjatlar asosida nomoddiy aktivlar holatining va 
harakatining hisobi uchun 0400 nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi 
schyotlar qo’llaniladi. Ushbu schyotlar tizimida (0400) nomoddiy 
aktivlarning aniq turlarining holati va harakatini hisobga olish va nazorat 
qilish maqsadida quyidagi schyotlar ochilgan:
NOMODDIY AKTIVLARNI
HISOBGA OLUVChI SCHYOTLAR
0410
Patеntlar, litsеnziyalar va nou-xau
0420
Savdo markalari, tovar bеlgilari va sanoat namunalari
0430
Dasturiy ta'minot
0440
Еr va tabiat rеsurslaridan foydalanish huquqlari
0450
Tashkiliy xarajatlar
0460
Franchayz
0470
Mualliflik huquqlari
0480
Gudvill
0490
Boshqa nomoddiy aktivlar
Ob’ektlarning nomoddiy aktivlar qatoriga kiritish tartibi va ularning 
tarkibi tegishli qonunchilik xujjatlari va 7-BXMS "Nomoddiy aktivlar"ga 
asosan tartibga solinadi. Bu schyotlarning saldosi (qoldiq) mazkur 
ob’ektning boshlang’ich bahosini aks ettiradi, debeti bo’yicha oboroti- bu 
251


aktivlarning egallash paytida (kelishi), ta’sischilar tomonidan ajratish 
paytida boshlang’ich narxi bo’yicha yoki kelishilgan narx bo’yicha qabul 
qilish paytidagi kirimidir. Bu summalar 6010-"Mol etkazib beruvchilar va 
pudratchilarga to’lanadigan schyotlar", 6110-"
Ajratilgan bo’linmalarga 
to’lanadigan schyotlar", 4610-"
Ustav kapitaliga ta'sischilarning 
ulushlari bo’yicha qarzi", 5110-"Hisoblashish" schyoti, 5210 va 
5220-"Valyuta schyoti"lari va hokazo schyotlarning krediti bo’yicha aks 
ettiriladi. 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining krediti bo’yicha bu 
aktivlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi, bunda ushbu summalar bir 
vaqtning o’zida 9220-"Boshqa aktivlarni sotish va boshqa hisobdan 
chiqarishlar" schyotining debeti bo’yicha yozib qo’yiladi.
Nomoddiy aktivlarning qabul qilinishi paytida analitik hisobning 
kartochkalari (6-A-V shakli) to’ldiriladi va bu ma’lumotlar mos bo’lgan 
jamg’arma qaydnomalarga ko’chiriladi.
Nomoddiy aktivlarning kirimi paytida:
ustav kapitaliga kiritilgan ta’sischilarning ulushi sifatida: 
0400-«Nomoddiy aktivlar» schyotlarining debeti, 4710-"Ta’sisichilarning 
badallari bo’yicha qarzlari" schyotining krediti;
boshqa shaxslardan aktivlarni sotib olishda yukxati va qabul qilish 
dalolatnomalari asosida: 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining debeti, 
0830-"Nomoddiy aktivlar sotib olish" schyotining krediti;
agar aktivlar boshqa shaxslardan tekinga yoki davlat tomonidan 
yordam sifatida olinsa: 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining debeti, 
8510-"Ustav kapitali (fondi)" (davlat korxonalari uchun) va 
9910-"Yakuniy moliyaviy natija" schyotining krediti (boshqa sub’ektlar 
uchun) va bir vaqtda ularning eskirishlarining qiymati tasdiqlangan me’yor 
asosida aks ettiriladi. "Sarflar (xarajatlar)" schyotlarining debeti- 2000, 
2300, 2500, 3100, 9410, 9420, 9430, 9450 va shunga o’xshashlar va 
0500-"Nomoddiy aktivlarning eskirishi" schyotlarining kreditida qayd 
qilinadi.
Nomoddiy aktivlar quyidagi xo’jalik muomalalarining ta’siri natijasida 
sub’ektning mulkidan chiqariladi:
boshqa sub’ektlarga kelishilgan narx asosida realizasiya qilish 
oqibatida: 9220-"Boshqa aktivlarning realizasiyasi va boshqa chiqimlar" 
schyotining debeti, 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining krediti;
boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga qoldiq narx bo’yicha tekinga 
o’tkazish oqibatida 9220-"Boshqa aktivlarning realizasiyasi va boshqa 
chiqimlar" schyotining debeti, 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining 
krediti;
252


butunlay eskirishi yoki daromad olish xususiyatining yo’qolishi 
oqibatida: 9220-"Boshqa aktivlarning realizasiyasi va boshqa chiqimlar" 
schyotining debeti, 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotlarining krediti;
hisoblangan eskirishlar hisobiga: 0500-"Nomoddiy aktivlarning 
eskirishi" schyotlarining debeti, 9220-" Бош а
қ активларнинг чи иб
қ
кетиши Boshqa aktivlarning realizasiyasi va boshqa chiqimlar" 
schyotining krediti;
boshqa firma, filiallar va qo’shma korxonalarning ustav kapitaliga 
ta’sis badali sifatida o’tkazish oqibatida: 9220-"Boshqa aktivlarni 
realizasiyasi va boshqa chiqimlar" schyotining debeti, 0400- "Nomoddiy 
aktivlar" schyotlarining kreditiga ko’chiriladi.
Nomoddiy aktivlarning sub’ekt mulkidan chiqib ketishi 
aksiyadorlarning yoki ta’sischilarning yig’ilishidagi ko’chirish, ushbu 
aktivlarni hisobdan chiqarish xaqidagi bayonnomalari, qabul qilish yoki 
o’tkazish dalolatnomalari asosida amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktivlarning bahosiga qo’shilgan qiymat solig’i (QQS)ning 
summasi kiradi, shuning uchun bu aktivlarga ega bo’lish paytida soliqning 
summasi 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar" schyotida alohida 
hisobga olinadi va 6 oy ichida byudjetga o’tkazishga loyiq bo’lgan 
hisoblangan soliqning umumiy hisobidan (summasidan) chegirib qolinadi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin