Progressiv (ilg’or) ishbay mehnat haqi shaklini qo’llash paytida oylik
maoshining hisoblanishi mahsulotning rejalashtirilgan miqdori uchun-
to’g’ri ishbay qiymati bo’yicha, belgilangan
hajmidan oshiq mahsulot
ishlab chiqarganligi uchun o’suvchi qiymat bo’yicha amalga oshiriladi.
Qo’shib to’lash va rag’batlantiruvchi ko’rinishdagi qo’shimcha
haqlar va ustamalar, asosan, bajarilayotgan ishning o’zgacha xususiyati
bilan (ishning davriyligi, uzoqlik, aniqsizlik hajmi va ko’p smenaligi bilan
va x.k.) yoki umumiy shartlardan farq qiladigan
ishning shartlari bilan
bog’liq.
Qo’shimcha haqning va ustama hisoblash usulida boshqarilishning
umumiy tartibi qabul qilingan. Unda qo’shimcha to’lovlarning miqdori
(o’lchovi) sub’ekt tomonidan mustaqil belgilanadi. Lekin O’zbekiston
Respublikasining xukumati tomonidan tasdiqlangan daraja va miqdordan
past bo’lmasligi kerak.
Rag’batlantiruvchi to’lovlar /yuqori malaka, professional kasb, mukofot
va hokazolar uchun qo’shimcha haq va ustamalar/ sub’ekt
tomonidan
mustaqil aniqlanadi va mavjud xom ashyolar, texnologik tizim doirasida
ishlab chiqiladi. Ularni to’lashning darajasi va shartlari kollektiv
shartnomalarda aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: