va jismoniy shaxslar korxonaning aksiyasini
belgilangan tartibda sotib
olishi mumkin.
Davlat tomonidan mulkchilik shaklini o’zgartirishning har xil variantlari
ishlab chiqilib unda korxona xodimlariga beriladigan imtiyozlar va
aksiyalar paketining nazorat hajmi belgilangan.
Qanday variant qo’llanishidan qat’iy nazar xususiylashtirish, ya’ni
mulkchilik shaklini o’zgartirish jarayoni to’rt bosqichni bosib o’tadi:
a) korxonada privatizasiya qilish bo’yicha ishchi komissiyasi tashkil
qilinadi;
b) komissiyaning ishlash jarayoni tasdiqlanadi;
v) aksiyadorlar jamiyatini ta’sis qilish
ishlari amalga oshiriladi;
g) chiqadigan aksiyalarni taqsimlash tartibi belgilanadi va taqsimlanadi.
Кorxona rahbari tomonidan tashkil qilingan ishchi komissiyasi quyidagi
ishlarni amalga oshiradi:
korxona mulkini baholash- privatizasiya qilinadigan sub’ektning shu
davrdagi qiymatini bozor bahosida aniqlash;
xususiylashtirish variantlarini tanlash uchun xodimlarni etarli
ma’lumotlar bilan ta’minlash, ya’ni sub’ekt xodimlariga zarur bo’lgan
ma’lumotlar: uning kapitali, likvidlik darajasi, aktivlari va majburiyatlari;
xususiylashtirish variantini tanlash maqsadida jamoa a’zolarining
yig’inini o’tkazish, ushbu yig’inda privatizasiyaning qaysi variantining
afzalliklarini muhokama qilish va tanlash;
korxonani xususiylashtirish bilan bog’liq rejasini tuzish,
tugatish
balansi, chiqariladigan aksiyalarning miqdori, qiymati va taqsimlash
tartibini belgilash;
korxona mulki baholangan dalolatnomani o’rganib chiqish va
umumiy yig’inda tasdiqlash;
AJning ustavini ishlab chiqish va davlat mulkini boshqarish
qo’mitasiga zarur xujjatlarni-
xususiylashtirish rejasi, mulk bahosi va
ustavni taqdim qilish.
Davlat mulkini boshqarish qo’mitasi korxonani ochiq turdagi
aksiyadorlar jamiyatiga aylantirishga asos bo’ladigan xususiylashtirish
rejasini tasdiqlaydi. Shundan keyin DMBQ davlat qaydnomasidan o’tish
uchun ushbu sub’ektga ta’sis xujjatlari, ariza va aksiyalar chiqarishni qayd
qilish uchun emissiya loyihasini (prospekti) beradi. Кorxona davlat
qaydnomasini olgan kundan boshlab aksiyadorlar jamiyati hisoblanadi.
Aksiyadorlar jamiyatining bosh direktori
rahbarligida direktorlar
kengashi tasdiqlanib, unga bosh direktor vakili, DMBQ, mehnat jamoasi
va mahalliy hukumat vakillari kiritiladi.
305
Chiqarilgan aksiyalar ikki usulda taqsimlanadi:
Dostları ilə paylaş: