tugatish balansi tuziladi va aksiyadorlar jamiyatining ustav kapitali tashkil
qilinadi.
Aksiyadorlar jamiyatining ustav kapitalining balans moddalari "Кelgusi
davr daromadlari" va "Кelgusi sarflar va to’lovlar"da ko’rsatilgan
summaga kamayadi, chunki bu summa sub’ektning boshlang’ich
bahosidan chegiriladi. Agarda korxonani jismoniy shaxs sotib olsa bu
summa korxonaning boshlang’ich bahosi yoki ustav kapitaliga qo’shib
sotiladi.
Ayrim hollarda korxonalarning turlari va yo’nalishiga
qarab ayrim
ob’ektlar xususiylashtirilmay davlat mulki bo’lib qolishi mumkin. U holda
shu ob’ektlarning qiymatiga aksiyadorlar jamiyatining ustav kapitalining
umumiy summasi kamayadi, lekin maxsus yo’nalishdagi jamg’armalar
qatoriga qo’shilib aksiyadorlik jamiyatining ixtiyorida qoldiriladi.
Undan keyin hisobdan chiqarilmagan foyda va maxsus yo’nalishdagi
jamg’armalar summasini hisoblash lozim. Buning uchun esa balansdagi
foydaning qoldiq summasidan ko’rilgan zararlar
va xususiylashtirish
jamg’armasining summalarini chegirib tashlash lozim.
Dostları ilə paylaş: