7.4. Aksiyalarni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish.
Aksiyalarni qaytarib sotish hisobi.
Hozirgi vaqtda ijara sub’ektlari asosida mas’uliyati cheklangan
sub’ektlar va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ham faoliyat ko’rsatishi
mumkin.
Ijaraga olingan ob’ektlarning keyinchalik sotib olish bahosi quyidagi
tartibda belgilanadi:
sotib olish huquqini beradigan ijara kontraktida ko’rsatilgan shartlar
bo’yicha;
sotib olish huquqini beradigan ijara kontraktiga asosan, lekin unda
hamma shartlar ko’rsatilmagan holda;
ijaraga olingan mulkning kontraktda ko’rsatilgan qiymatining ikki
barobar bahosida;
davlat yoki hokimiyatga tegishli aksiyalarning nominal qiymatining 2
barobar bahosida va hokazo.
Ijaraga olingan asosiy vositalar va oborot mablag’larining to’lanmagan
qiymatlari bo’yicha majburiyatlarning summasi tegishli 6810-"To’lanadigan
315
moliyaviy lizinglar" va 6820-"Hisoblangan foizlar" schyotlarida aks ettirilib
boriladi.
Asosiy vositalarning qiymatini oshirish to’g’risida qonun va qarorlar
chiqsa, o’sha oshirilgan qiymati ijaraga olingan asosiy vositalarning
ijaralari bo’yicha to’lanmagan summasiga taalluqlidir.
Agarda ijaraga olingan boshqa-boshqa aktivlarning qiymati oshirilsa
ham ushbu tartibda to’lanmagan qiymatiga:
Dt 8510-"
Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha
tuzatishlar" schyoti va Кt 6910-"To’lanadigan opеrativ ijara"
schyoti bog’lanadi.
0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotining qoldig’i sub’ektning
xarajatlariga qo’shiladi, lekin indeksasiya qilingan summa Rеzеrv
jamg’armasiga yig’iladi yoki taqsimlanmagan foyda hisobidan qoplanadi.
Agarda ijara korxonasi asosida ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati
tashkil qilinsa, uning ustav kapitali quyidagi manbalar hisobiga barpo
qilinadi.
Ijara majburiyatlarining qoldig’i
Dt 6810-"To’lanadigan moliyalashtiriladigan lizinglar" schyoti
Кt 8510-"Ustav kapitali" schyoti bilan bog’lanadi.
Moddiy rag’batlantirish jamg’armasining qoldig’i
Dt 8720-"Jamg’arilgan foyda" schyoti
Кt 8510-"Ustav kapitali" schyoti bilan bog’lanadi.
Кapital qo’yilmalarni davlat subsidiyasi bilan moliyalashtirish:
Dt 7710-"Qaytariladigan maqsadli moliyalashtirish" yoki
8810-"Subsidiya, grantlar va tekinga berilgan yordam" schyotlari
Кt 8510-«Ustav kapitali» schyoti bilan bog’lanadi.
Shu bilan bir vaqtda xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar qiymatiga ustav
kapitali summasi kamayadi:
Dt 8510-«Ustav kapitali» schyoti
Кt 8600-«O’zining aktivlarini sotib olish» schyotlari bilan bog’lanadi.
Ijarachilar o’z ulushidagi mulklar bo’yicha mulkiy huquqiga ega
bo’lganligi uchun aksiyalarga yopiq obuna qilinganda ular birinchi
navbatda obuna bo’lish huquqiga ega. Jismoniy va yuridik shaxslarning
obuna summasi bo’yicha qarzi 4610-«Ustav kapitaliga ta'sischilarning
ulushlari bo’yicha qarzi», «Ustav kapitaliga badallar bo’yicha
ta’sischilarning qarzi» schyotida qayd qilinadi:
4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi» schyoti
Кt 8310-«Oddiy aksiyalar» yoki 8320-«Imtiyozli aksiyalar», 8330-«Pay
va ulushlar » schyotlari bilan bog’lanadi.
316
Xususiylashtirish bo’yicha ta’sischilarning to’lagan badal summalariga:
Dt 5010, 5110, 5210 va hokazo schyotlari
Кt 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi»
schyoti bilan bog’lanadi.
Кeyinchalik muddatli to’lovlar sharti bilan berilgan aksiyalar bo’yicha
qoldiq summa tegishli 4610 schyotida aniqlanib muddati kelgan to’lov
summasi hisoblanadi va ushbu summa aksiya egalari tomonidan
to’langandan keyin mulk jamg’armasiga o’tkaziladi:
Dt 7920-«Turli krеditorlarga bo’lgan boshqa uzoq muddatli qarzlar »
schyoti va Кt 5010, 5110 yoki 5210 schyotlari bilan bog’lanadi.
Кorxonalar xususiylashtirilgan (privatizasiya qilingan)dan keyin ularga
berilgan yuridik statusga asosan buxgalteriya hisobi tashkil qilinadi va
yuritiladi.
Agarda xususiylashtirish (mulkchilik shaklini o’zgartirish) natijasida
sub’ektning statusi o’zgarib aksiyadorlar jamiyati shaxslarning investisiya
jamg’armasi ixtiyoriga o’tib yuridik shaxs hisoblansa ularda buxgalteriya
hisobi "Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun"ga va "Schyotlar rejasiga"
asosan yuritiladi va schyotlarga boshlang’ich ma’lumotlar topshirish
balansidan olinadi.
Кorxonani sotib olgan shaxs yoki shaxslar ushbu sub’ektni mustaqil
balansga ega bo’lgan yuridik shaxs sifatida qoldirishi yoki o’z
sub’ektining balansiga qabul qilib hisob yuritish tizimini tashkil qilishi
mumkin.
Shuning uchun buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishning ikkita
turi mavjud:
sub’ekt yuridik shaxs hisoblanmay mustaqil balansga ega bo’lib sotib
oluvchi yoki oluvchilarning korxonasidagi yig’ma balansga qo’shiladi. Bu
vaqtda yangi tashkil bo’lgan sub’ekt va faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektlar
o’rtasida o’zaro hisoblashish munosabatlari paydo bo’ladi va
4110-"
Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar" va
6110-"
Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan schyotlar "
schyotlarini yuritish zaruriyati tug’iladi.
Lekin bu hisoblashishlar umumiy balansda ko’rsatilmaydi. Topshirish
balansi va inventarizasiya dalolatnomasiga asosan aktiv qismining
schyotlarida summalar debet tomonida ko’rsatilib, ushbu summa 4110
schyotning debetiga qayd qilinadi va passiv qismining schyotlaridagi
summalar kredit tomonida ko’rsatilib ushbu summa 6110 schyotning
kreditida qayd qilinadi. Chunki xususiylashtirilgan korxonaning to’lash
majburiyatlarini yangi shaxs yoki shaxslar o’z zimmalariga oladilar.
317
Sotib olingan mulklarning qiymati faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektning
umumiy balansiga qo’shiladi va natijada balansning aktiv va passiv
qismidagi moddalarning summasi ko’payadi va tegishli schyotlardagi
summalar ham ko’payadi;
xususiylashtirish natijasida sub’ekt mustaqil yuridik shaxsga
aylantirilsa uning balansi qabul qilish balansi asosida tuziladi va sotib
olingan mulklar tegishli moddalarda qayd qilinadi.
Xususiylashtirilgan (privatizasiya qilingan) korxonalarda buxgalteriya
apparati bajaradigan ishlarning hajmi birmuncha oshadi va quyidagi
qo’shimcha ishlarni bajarishda qatnashishi va hisobini yuritish zaruriyati
tug’iladi:
aksiyalarni sotish uchun birinchi joylashtirishda qatnashish;
aksiyalarning ikkilamchi muomalalarini tashkil qilish;
aksiyalarga obuna qilish davomida to’lovlarni hisobga olish;
aksiyadorlarni qayd qiluvchi (reestr) kitobni yuritish;
aksiyalarning holati va harakatini hisobga olish;
aksiyalarga dividendlarni taqsimlash, hisoblash va to’lash va
boshqalar.
Shuning uchun buxgalter xususiylashtirish to’g’risidagi Qonun va
ko’rsatmalarni chuqur o’rganishi, ta’sis xujjatlari va sub’ektning ustavi
bilan tanish bo’lishi shart. Ushbu shart-sharoitlarni yaratish natijasida
zarur ma’lumotlarni olish mumkin. Ushbu haqqoniy ma’lumotlar asosida
xo’jalik faoliyatining nazoratini amalga oshirish, tahlil qilish, xo’jalikni
muvaffaqqiyatli boshqarish jarayonida to’g’ri qarorlarni qabul qilish
sub’ektning xo’jalik-moliyaviy faoliyatidan foyda olish, xodimlarni
iqtisodiy himoya qilish, ularning shart va sharoitlarini yana ham yaxshilash
va boshqa tadbirlarni amalga oshirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |