jo’natilgani va hisobot oyi oxiriga qoldig’i, hisobda qabul qilingan baho
hamda haqiqiy tannarxda ko’rsatiladi.
Jo’natilgan mahsulotni analitik hisobga olish quyidagilarni ko’zda
tutadi:
mahsulotni jo’natishga doir muomalalarni xaridor manziliga
yuborilgan to’lov xujjatlari asosida joriy ro’yxatdan o’tkazish zarurligini;
yuk-xati va to’lovnomalarni to’lashdan bosh tortilgan taqdirda ularni
kuzatib borishni;
har bir oy davomida qayd etilgan yozuvlarni umumlashtirishni.
Bu shunday tartibda
amalga oshirilishi lozimki, unda jamlama
schyotlarga doir buxgalterlik ma’lumotlari ko’zga tashlanib tursin.
U 16-"Tayyor mahsulotlarning harakati, ularni jo’natish
va sotishni
hisobga olish" jurnal-orderining 1-"Mahsulotni jo’natish, uni berish va
sotish" nomli bo’limida yuritiladi. Jurnal-orderning bu bo’limida har bir
to’lov talabnoma-topshiriqnomasi (schyot-faktura) qayd etiladi.
Ushbu
to’lov talabnoma-topshiriqnomasining tegishli ustunlarida xaridorlar, tayyor
mahsulotlar, ularning miqdori va qiymati, xaridorlar tomonidan
to’lanadigan
transport xarajatlari, shuningdek yuk (ish, xizmat)larni
oluvchilar hisobiga o’tkaziladigan ustama va chegirmalar ko’rsatilishi
lozim. Bu erda mahsulotni jo’natish, sotish (ishlarni bajarish, xizmatlarni
ko’rsatish) hamda xaridorlar va buyurtmachilar bilan amalga oshirilgan
hisoblashishlarning analitik va sintetik (jamlama) hisobi birlashtiriladi.
Mahsulotlarni jo’natish va sotishning analitik hisobini tashkil etish
ayrim mahsulot turlari bo’yicha, to’lov xujjatlari bo’yicha natura ifodasida
ham amalga oshiriladi. Ushbu tadbir ikki xil narxda - sotilish narxlarida va
haqiqiy tannarx bahosida amalga oshiriladi.
Hisobga olish narxlari va tayyor mahsulotlarning
haqiqiy tannarxi
o’rtasidagi farq ayrim mahsulot turlari bo’yicha keskin o’zgarib turishi
mumkin bo’lgan sub’ektlarda tayyor mahsulotning harakati haqidagi
ma’lumotlar mazkur mahsulotlarning guruhlari bo’yicha aks ettiriladi.
Sub’ekt mahsulotlarni guruhlar bo’yicha taqsimlashni haqiqiy tannarxning
ayrim mahsulotlarning hisobga olish narxiga doir qiymatidan chekinishi
darajasidan kelib chiqqan holda amalga oshiradi. Bunday maqsad ularning
har bir guruhda taxminan bir xil og’ishiga erishishdan iboratdir.
16-qaydnomaning 2-bo’limini ochish va yuritish tartibi quyidagichadir:
16-qaydnoma har oyda ochiladi. Ushbu qaydnomani ochishda unga o’tgan
oydagi qaydnomaga oid to’lanmagan to’lovlarning oy boshidagi qoldig’i
ko’chirib o’tkaziladi. Shundan so’ng jo’natish va to’lov xujjatlari asosida
joriy oyga doir yozuvlar qayd etiladi. Bank ko’chirmalarining
kelib
333
tushishiga qarab qaydnomaning tegishli ustunlarida to’lovnomalar to’langani
haqida tegishli yozuv qayd etiladi. Unda tushum sanasi, summasi va qaysi
schyotga o’tkazilgani yoki hisoblashish qaysi yo’l bilan amalga oshirilgani
ko’rsatiladi. Shu bilan 2-bo’lim yakunlanadi.
16.
«Tayyor mahsulotlarning harakati, ularni jo’natish va sotishni
hisobga olish» qaydnomasining 3-bo’limi «To’langan va to’lanmagan
schyotlar haqida umumiy ma’lumotlar» deb nomlanadi. Unda jo’natilgan
va sotilgan mahsulotlar to’g’risida umumiy ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Ushbu qaydnomaning 4-bo’limida soliq yuzasidan soliq muassasalari
bilan hisoblashishga doir ma’lumotlar aks ettiriladi.
Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi
Dostları ilə paylaş: