Qisqacha xulosa
Ushbu bobda tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan
xizmatlarning ahamiyati, ularni hisobga olish tartiblari, vazifalari bayon
etilgan. tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarni
baholash va ularni xujjatlarda aks ettirish jarayoni tushuntirilgan. Tayyor
mahsulotlarni qabul qilish va omborxona hisobini yuritish tartibi
tushuntirilgan.
Tayanch iboralar.
Aksept, aksiz, aksiya, analitik hisob, buxgalteriya balansi,
buxgalteriya daftarlari, buxgalteriya o’tkazuvi, buxgalteriya hisobining
uslubi, buxgalteriya hisobi schetlari, buxgalteriya hisobining o’lchov
birliklari, buxgalteriya hisobining xujjatlari, byudjet, valyuta, valyuta
359
kursi, da’vo, debet, debitorlik qarzlari, debitorlar, deponent, deflyasiya,
import,
ipoteka, kredit, kreditorlar, tezkor hisob, tender, tovar, tovar
belgisi, tovar birjasi, to’lov talabnomasi, obligasiya, opsion, offerent,
oferdraf, patent, penya, pudrat, pul, pul mablag’lari, pul xujjatlari, pul
o’lchov birligi, royalti, uzoq muddatli kreditlar, fifo, foydadan
hisoblangan va to’langan soliqlar, franko.
O’zini-o’zi nazorat va muhokama qilish uchun savollar.
1. Tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarning
ahamiyatini bayon eting.
2. Tayyor mahsulotlarni sotish, bajarilgan ishlarni topshirish va
ko’rsatilgan xizmatlar jarayonini tushuntiring.
3. Ushbu sohada hisobga olish tartiblari va ularning vazifalarini
yoriting.
4. Tayyor mahsulotlarni baholash va ularning nomenklaturasini
tasniflang.
5. Tayyor mahsulotlarning xarakatini - jo’natish va sotish jarayonini
xujjatlashtirish tartibi nimalarni ko’zda tutadi?
6. Tayyor mahsulotlarni qabul qilishda omborxona hisobini yuritish
tartibini tushuntiring.
7. Tayyor mahsulotlarni jo’natish, sotish, ishlarni bajarish va xizmat
ko’rsatishning analitik hisobi qanday yuritiladi?
8. Ishlab chiqarishdan tashqari – sotish sarflarini hisobga olish tartibini
bayon eting.
9. Tayyor mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmat
ko’rsatishning sintetik hisobi qanday yuritiladi?
10.
Mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmat ko’rsatish
bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlash tartibini tasniflang.
360
|