aksiyalari" schyotlaridan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qabul
qilingan tartibga muvofiq boshqa qatnashuvchilarga yoki uchinchi shaxsga
berish uchun ustav kapitaliga qo’ygan ulushini
hisobga olish uchun
qo’llaydilar.
O’zining aksiyalarini sotib olishni hisobga oluvchi schyotlar 8300-
"
Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar"ni hisobga oluvchi
schyotlarga nisbatan kontr-passiv schyot hisoblanib aksiyadorlar
jamiyatining aksiyadorlik kapitalining kamayishini ko’rsatadi va balansda
ko’rsatiladigan ustav kapitali summasidan chegiriladigan summa
hisoblanadi.
Sotib olingan o’zining aksiyalari ularning qayta sotilishi vaqtigacha
xech qanday huquqga ega emaslar; - ovoz berish, mulk, dividendlar olish
va sub’ektni tugatish vaqtida aksiyadorlar
jamiyati aktivning ulushi
huquqiga ega emaslar.
Agarda aksiyalar nominal qiymatda yoki undan yuqori bahoda sotilib
keyinchalik emitent (jamiyat) tomonidan qayta sotib olingan bo’lsa
boshlang’ich emissiya jarayoniga zid ravishda nominal qiymatidan past
bahoda sotilishi mumkin.
Emitent (jamiyat) tomonidan sotib olingan o’zining aksiyalarining
qiymati 8610-"Sotib olingan o’zining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib
olingan o’zining imtiyozli aksiyalari" schyotlarining
debeti tomonida
nominal qiymatda yoki sotishning boshlang’ich bahosida emas, balki
haqiqiy sotib olish bahosida qayd qilinadi.
Emitentlar sotib olingan o’zining aksiyalarini
sotib olish bahosidan
yuqori bahoda qaytadan sotsalar ushbu muomalalar natijasidagi sotib olish
va qayta sotish baholarining o’rtasidagi farq summani 9590-"Moliyaviy
faoliyatdan olingan boshqa daromadlari" schyotining krediti tomonidan
aks ettiradilar. Agarda ushbu aksiyalar sotib olish bahosidan kam bahoga
sotilsa ushbu muomaladagi baholar o’rtasidagi farq zarar sifatida
9690-"
Moliyaviy faoliyat bўyicha boshєa xarajatlar"schyotining
debeti tomonida ko’rsatiladi.
Agarda emitentlar o’zining aksiyalarini bekor qilish maqsadida ularni
nominal qiymatidan yuqori bahoda sotib olsalar, qiymati va sotib olish
bahosi o’rtasidagi farq summasi 9690-"
Moliyaviy faoliyat bўyicha
boshєa xarajatlar " schyotining debeti tomonida ko’rsatadilar.
O’zining aksiyalarini hisobdan chiqarish (bekor qilish) uchun ularni
nominal qiymatdan past bahoda sotib olsalar, nominal qiymati va sotib
olish bahosi o’rtasidagi farq summasi 9590-"Moliyaviy
faoliyatdan
olingan boshqa daromadlari" schyotining kredit tomonida qayd qilinadi.
373
8610-"O’zining aksiyalarini sotib olish" schyotlari bo’yicha analitik
hisob aksiyaning har bir turi va aksiya egalari bo’yicha ayrim olgan holda
yuritiladi.
8600-O’zining aksiyalarini hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi.
8610-"Sotib olingan o’zining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib olingan
o’zining imtiyozli aksiyalari".
Dostları ilə paylaş: