chegirilishi natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyoriga qolgan sof
foyda summasidir.
8710-" Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan
zarari)" schyotining kreditiga 9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar"
schyotining debetidan qoplanmagan zararlar summasi esa 8710-" Hisobot
davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotining
debetiga va 9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar" schyotining kreditidan
hisobdan chiqariladi.
Dividendlar hisoblangandan keyin hisobot davridagi taqsimlanmagan
foydaning qolgan summasi 8710-" Hisobot
davrining taqsimlanmagan
foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotidan 8720-"Jamg’arilgan foyda
(qoplanmagan zarar)lar" schyotiga o’tkaziladi. Agarda olingan foyda
summasidan ko’rilgan zararlar va to’langan daromadlar (dividendlar)
summasi kup bo’lsa, 8710-"Hisobot davrining
taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari)" schyotining debet tomonida qoldiq (saldo) summasi
vujudga keladi. Ushbu zararlar summasi 8720-"Jamg’arilgan foyda
(qoplanmagan zarar)" schyotining debet tomoniga 8710-"Hisobot
davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotining
kreditidan o’tkaziladi va jamg’arilgan
foyda hajmi ushbu summaga
kamayadi.
Taqsimlanmagan foyda summasining bir qismi dividend
(daromad)larni to’lash uchun yo’naltirilsa, ushbu yo’nalitrilgan summa
8710-" Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)"
schyotining debeti va 6610-"To’lanadigan dividendlar" schyotining
kreditida
aks ettiriladi, agarda dividendlar aksiya ko’rinishida to’lansa
(o’rtacha bozor bahosida) bu muomala 8710-"Hisobot davrining
taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotining debeti va
4610-"Ustav kapitaliga badali bo’yicha ta’sisichlarning qarzi" schyotining
kreditida aks ettiriladi.
Taqsimlanmagan foyda summalaridan
qonunchilikda belgilangan
tartibda Rеzеrv kapitallarini shakllantirish uchun foydalanish mumkin,
ushbu muomalalar 8710-"Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari)" schyotining debeti va 8520-"
Rеzеrv
kapitali
(fondi) (O’zR AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga
olingan O’zR MV Buyrug’i taxriridagi satr)" schyotining kreditida
qayd qilinadi.
Taqsimlanmagan foyda va qoplanmagan zararlar bo’yicha analitik
hisob taqsimlanmagan foydalar, qoplanmagan zararlar va jamg’arilgan
foydalar bo’yicha ayrim olgan holda yuritiladi.
376