ishonchsiz shaxslarga qarz berish yoki bermaslik;
u yoki bu sub’ektning aktivini sotib olishning maqsadga muvofiqligi;
iste’molchi va buyurtmachilar bilan munosabatni to’g’ri o’rnatish;
kelgusida aloqa qiladigan sub’ektlarning
moliyaviy ahvolini
baholash;
ishni boshlash va yuritish jarayonida ba’zi bir tavakkalchilikni
hisobga olish.
Davriy va yillik hisobotlar asosan yuqori tashkilot, soliq muassasasi,
bank, statistika muassasalariga taqdim qilinadi.
Ayrim hollarda
ta’minotchilarga, manfaatdor va qiziquvchi shaxslarga hisobot
ma’lumotlari ham beriladi.
10.3. Moliyaviy hisobotning oldiga qo’yilgan talablar.
Кorxona, tashkilot va muassasalarda yillik hisobot tuzilayotganda
buxgalteriya hisobini yuritishning quyidagi shartlariga amal qilish lozim:
joriy yil davomida ayrim xo’jalik muomalalarini
qayd qilish va
Qonunda ko’rsatilgan tartibda sub’ektning mulkini baholash tartibini
belgilovchi qabul qilingan hisob siyosatiga amal qilish;
Agarda hisob siyosati o’zgartirilsa ushbu o’zgarish
yillik hisobotga
ilova sifatida beriladi.
joriy yilda amalga oshirilgan xo’jalik muomalalarini to’liq aks
ettirishi va mulk va majburiyatlarining inventarizasiya ma’lumotlarini
to’g’ri va to’liq yuritish;
buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi, tegishli Standartlarga asosan
va buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risidagi Nizomga muvofiq
daromad va sarflarni joriy yilda to’g’ri hisobga olib borish;
hisobni tashkil qilishda ishlab chiqarish va muomala bo’yicha joriy
xarajatlarni va kapital qo’yilma xarajatlarini ajratgan holda hisobga
olish;
yillik inventarizasiya o’tkazish
vaqtiga analitik hisob
ma’lumotlarining sintetik hisob ma’lumotiga to’g’ri kelishi.
Shunday qilib, yillik hisobot tuzishdan oldin o’tgan yilda sodir bo’lgan
hamma xo’jalik muomalalari buxgalteriya hisobining schyotlarida qayd
qilingan bo’lishi lozim. Shu bilan bir qatorda buxgalteriya hisobining
ma’lumotlari to’liq va to’g’ri bo’lishi bilan yillik hisobot va boshqa joriy
hisobot shakllarini chuqur va haqqoniy yuritib borish imkoniyatiga to’la
ega bo’la olmaydi. Chunki sub’ekt mulkining va majburiyatlarining hajmi
va holati tekshirilib hisobotga o’zgartirishlar kiritiladi.
391
Hisobotning ishonchli bo’lishining asosiy sharti joriy yil ma’lumotlarini
o’tgan yil ma’lumotlari bilan taqqoslash imkoniyatini yaratishdir.
Hisobotdagi ma’lumotlar o’chirilishi yoki o’zgartirilishi
mumkin emas,
agarda o’zgartirilish kiritilsa yoki xato yozuvlar to’g’rilansa hisobotga
imzo qo’ygan javobgar shaxslar kiritilgan o’zgarishlarni imzosi bilan
tasdiqlashi shart.
Dostları ilə paylaş: