3-ustun - "Ustav kapitali"da 8510-"Ustav
kapitalini hisobga oluvchi
schyotlardagi ma’lumotlarga asosan ta’sis xujjatlarida ko’rsatilgan Ustav
kapitalining oddiy aksiyalar, imtiyozli aksiyalar, ulush va omonatlarning
miqdori ko’rsatiladi;
4-ustun - "Qo’shilgan kapital"da 8520-"Qo’shilgan kapital"ni hisobga
oluvchi schyotlardagi ma’lumotlarga asosan emissiya daromadi,
xorij
valyutasining kursidagi farqi va tekinga olingan mulklarning miqdori aks
ettiriladi;
5-ustun - "Rеzеrv kapitali"da belgilangan qoidaga ko’ra O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan tashkil etilgan Rеzеrvdagi
kapitalning miqdori, ya’ni asosiy vositalarni qayta baholashdagi farq
summasi,
Rеzеrv kapitali, hisobotni umumlashtirayotganda (yig’ma
hisobot) sodir bo’lgan so’m kursidagi farqlarning miqdori aks ettiriladi;
6-ustun - "Taqsimlanmagan foyda"da 8710-"Taqsimlanmagan foyda"
schyotining ma’lumotlariga asosan yil boshiga nisbatan taqsimlanmagan
foyda miqdori ko’rsatiladi;
7-ustun - "Xususiy kapital bilan qoplanmagan zararlar"da sub’ektning
balansidagi yil boshiga bo’lgan zararlarning miqdori ko’rsatiladi.
"Xususiy (hissador) kapitalining o’sishi" moddasida (020-satr) Xususiy
(hissador) kapitalining o’sishi aks ettiriladi.
"Qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi" moddasida (030-satr) birlamchi va
ikkilamchi qimmatbaho qog’ozlar emissiyasining miqdori aks ettiriladi.
"Asosiy vositalarning qayta baholanishi" moddasida (040-satr) belgilangan
qonunchilik qoidalariga asosan o’tkazilgan asosiy vositalarning qayta
baholangan qiymati aks ettiriladi.
Sub’ektlar hisobotning "Rеzеrv uchun ajratma" moddasida (050-satr)
ta’sis xujjatlari va qonunchilikda ko’zda
tutilgan hollarda Rеzеrv
jamg’armasini shakllantirish uchun ajratilgan mablag’larning miqdorini
ko’rsatadilar. Shu bilan birga, hissadorlik jamiyatlari va xorijiy investisiya
bilan tashkil etilgan sub’ektlar, qonunchilikka mos ravishda, byudjet bilan
hisoblashgunga qadar mazkur jamg’armaga ajratmalar qilishlari mumkin.
"Joriy yil foydasi/zarari/" moddasida (060-satr)
hisobot davrida
olingan taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) miqdori ko’rsatiladi.
Sub’ektlar hisobotining "Dividendlar" moddasida (070-satr) hisobot
davri boshidagi taqsimlanmagan foydadan boshqa yil uchun hisoblangan
dividendning miqdorlarini ko’rsatadilar.
Кorxonalar 8510-"Ustav kapitali" schyoti, 8520-"Qo’shilgan kapital"
schyoti, 8530-"Rеzеrv kapitali" schyotining qoldiqlarini va 9900-"Yakuniy
moliyaviy natija" schyoti bilan 6410-"Foyda (daromad) solig’i bo’yicha
429
byudjetga qarz" schyoti va 9800-"Soliqlar va yig’imlarni to’lash uchun
foydaning ishlatilishi" schyotlarining o’rtasidagi farq, ya’ni
taqsimlanmagan foyda qoldiqlarini "Hisobot davri oxiriga qoldiq"
moddasining (080-satr) mos ustunlarida aks ettiradilar.
Sub’ektlar "Hisobot davri oxirida ustav kapitaliga kiritilgan badallar"
moddasida (090-satr) ta’sischi va hissadorlar tomonidan sub’ektning Ustav
kapitaliga xaqiqatda kiritilgan mablag’larning yig’indisini aks ettiradilar.
100-122-satrlarni hissadorlik jamiyatlari to’ldiradilar.
Dostları ilə paylaş: