Bu sarflarning maqsadga muvofiqligi yuqori mansabdor shaxslar
tomonidan tasdiqlanadi. hisobdor shaxslar muomala sodir bo’lgandan
keyin 3 kun ichida hisobot tuzishlari lozim. qoldiq summalari ya’ni,
sarflanmay qolgan bo’naklar kassaga topshiriladi, ortiqcha sarf qilingan
bo’lsa kassadan olingan bo’nakning farq summasi beriladi. Agarda
shaxslar o’z vaqtida hisobot bermasalar bu summalar ularning mehnat
haqidan ushlab qolinadi.
hisobdor shaxslar bilan hisoblashish muomalalari:
4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo’nak»
4230-«Umumxo’jalik sarfi uchun berilgan bo’nak»
4290-«Berilgan boshqa bo’naklar» nomli aktiv schyotlarda va
6970-«hisobdor shaxslarga bo’lgan qarz» passiv schyotida yuritiladi.
4220-4290 schyotlarining debet tomonida berilgan bo’nak summasining
davr boshidagi qoldig’i va oy davomida berilgan bo’nak summalarining
yig’indisi hisobga olib boriladi. Ushbu schyotlarning kreditida sarflangan
summa va 6970 – «Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarz» schyotining
kreditida esa hisobdor shaxslarga bo’lgan qarz summasi hisobga olib
boriladi.
Ushbu summadan foydalanish va ularni o’z vaqtida qaytarishni nazorat
qilish uchun har bir hisobdor shaxs bo’yicha analitik hisob (kartochka)
yuritiladi va olingan va sarflangan summalar tezkorlik bilan qayd qilib
boriladi.
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashish bo’yicha umumlashtirilgan
ma’lumotlar 7-jurnal orderda yil davomida yig’ma jami summa ko’rsatilgan
holda har bir hisobdor shaxs bo’yicha yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: