shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari va shunga o’xshashlar
ko’rsatiladi.
Xorij valyutasida bo’ladigan muomalalar tegishli qonun va Markaziy
bank tomonidan o’rnatilgan hisoblashish muomalalari uchun xorij
valyutasining shu sanadagi so’mga nisbatan kursiga muvofiq amalga
oshiriladi va ushbu kurslar muomalalarni
amalga oshirishda asosiy
ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi.
Ushbu qonunda «valyuta», «valyuta qiymatlari», «valyuta muomalalari
va uning turlari», «vakolatli banklar», shaxslar aniq belgilanadi.
Chet el valyutalari va chet el valyutasidagi qimmatbaho qog’ozlarning
muomalalari, joriy valyuta va kapitallarning harakati bilan bog’langan
valyuta muomalalariga bo’linadi.
Xorij valyutasidagi joriy muomalalar:
sotilgan tovarlar, bajarilgan ish va xizmatlar haqini kirim qilish va
to’lash muomalalari;
180 kungacha moliyaviy kreditlar berish va olish;
kapitallarning harakati bilan bog’liq bo’lgan investisiya, kreditlar va
shunga o’xshash mablag’larni olish va to’lash;
nosavdo xususiyatida bo’lgan
muomalalar, mehnat haqi, nafaqa,
aliment va boshqalar summalarining kirimi va chiqimi;
moliya vazirligi va MB ruxsat bergan boshqa maqsadlar uchun
olingan va to’langan xorij valyutasidagi mablag’lar.
O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan
firmalar tuzilgan
shartnoma va kontraktlar bo’yicha tashqi iqtisodiy aloqalari-muomalalari
bo’yicha tushgan xorij valyutasi summasining 50% ni vakolatli banklar
yoki xo’jalikning Hisob-kitob schyoti orqali valyuta birjasida MB
tomonidan belgilangan kurs bo’yicha sotishlari shart.
Xorij valyutasining bir qismini sotish topshirig’iga uning so’m
qiymatini aks ettirgan to’lov topshirig’i ilova qilinib ushbu summa
sub’ektning Hisob-kitob schyotiga qabul qilinadi. Xorij valyutasida kirim
qilingan tushum ikki qismdan tashkil topadi:
tushumning 50% xorij valyutasida valyuta schyotiga kirim qilinadi;
tushumning qolgan 50% so’m ekvivalenti qiymatida sub’ekt yoki
firmaning Hisob-kitob schyotiga kirim qilinadi.
So’m ekvivalenti – tegishli vaqtda
Markaziy bank tomonidan
belgilangan valyutaning so’mga nisbatan qiymatidir. Ushbu ekvivalent
Markaziy bankning tegishli xabarnoma (byulleten)larida chop qilib
boriladi va matbuotda e’lon qilinadi.
Buxgalteriya hisobida xorij valyutasi bilan sodir bo’ladigan muomalalar
54
5200- «Chеt el valyutasidagi pul mablaјlarini
hisobga
oluvchi schyotlar» 5210 - «Mamlakat ichidagi valyuta schyoti», 5220
- «
Chеt eldagi valyuta schyoti»larida hisobga olib boriladi. Bu schyotlar
sintetik va aktiv schyot hisoblanib, unda korxona yoki firmaga tegishli
xorij valyutasidagi mablag’larning holati va harakati hisobga olinadi va
nazorat qilib boriladi. Ushbu hisobni yuritish va nazoratni chuqurlashtirish
maqsadida quyidagi schyotlarni yuritish tavsiya qilinadi:
5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti»,
5220-«
Chеt eldagi valyuta schyoti»
Кorxona yoki firmalar xorijiy valyutalarining 50% majburiy va bir
qismini ixtiyoriy ravishda sotishi mumkin. Ushbu valyutaning kirimi va
ularni sotish muomalalari quyidagicha aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: