asosiy
faoliyatlari dexkonchilik, chorvachilik va ushbu tarmoqlarning
mahsulotlarini qayta ishlashga mo’ljallangan kichik-kichik oziq-ovqat
sanoati korxonalarini tashkil qilayaptilar. Ular o’z faoliyatini asosan
xodimlarni arzon bahoda zarur bo’lgan
oziq-ovqat mahsulotlari- meva,
sabzavot, poliz, go’sht, sut, tuxum, konserva va hokazo mahsulotlar bilan
ta’minlashga bag’ishlaydilar.
Natijada ushbu tarmoqdagi buzoqlar, katta yoshdagi hayvonlar, asosiy
podadan olingan hayvonlarni boqishga qo’yish, sotib berish uchun
aholidan olingan parrandalar, quyonlar, asalari oilalari va hayvonlarning
holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish va umumlashtirish
uchun 1110- «o’stirishda va boquvdagi xayvonlar» schyoti qo’llaniladi.
Ushbu hayvonlarni asrash va boqish sarflari esa qishloq xo’jaligida 2010-
«Asosiy ishlab chiqarish» (xayvonlarning guruhi bo’yicha), boshqa
tarmoqlarda esa (sanoat, savdo, transport) 2310- "Yordamchi ishlab
chiqarish" schyotida hisobga olib boriladi.
Ushbu tarmoqlarda o’stirishga va boquvga
quyilgan hayvonlarning
guruhi quyidagi yo’llar bilan ko’payadi:
asosiy podadan buzoqlar, qulunlar va hokazolarni olish natijasida
tuzilgan qabul qilish dalolatnomasiga asosan debet 1110 schyot va
kredit
2010 (2310) schyotlari.
asosiy podadagi maxsuldor xayvonlarni hisobdan chiqarish
natijasida. Brakka chiqarish dalolatnomasiga asosan debet 1110 kredit
9210 schyotlari.
yosh hayvonlar va katta yoshdagi xayvonlarni o’stirish va boquvga
qo’yish uchun sotib olish natijasida. Schyot-faktura yoki yuk xatiga asosan
debet 1110 kredit 6010 yoki debet 1110 kredit 1510 (agarda hisob-
siyosatiga muvofiq 1510 schyot qo’llanilsa) schyotlari.
har oyning oxirida boquvga qo’yilgan katta yoshdagi xayvonlarning va
o’stirishga qo’yilgan yosh hayvonlarning o’sgan yoki ortgan vaznining
qiymati rejada belgilangan tannarxda, tegishli 1110 schyotning debetiga,
tegishli bog’lanuvchi schyotlar, 2010 schyotining kreditidan o’tkaziladi.
Yilning oxirida ushbu qabul qilingan hayvonlarning o’sgan vaznining
rejadagi tannarxi haqiqiy tannarxga etkaziladi. Agarda xaqiqiy tannarx reja
tannarxidan ko’p bo’lsa ushbu schyotlarga qo’shimcha yozuvlar qilinadi,
agarda haqiqiy tannarx reja tannarxidan kam bo’lsa (tejalgan)
ushbu
summa tegishli schyotlardan chegiriladi (oddiy o’tkazish «-» belgisi bilan).
Yosh hayvonlar, g’unajinlardan buzoq olingan vaqtidan boshlab
«Xayvonlarni guruhdan guruhga o’tkazish dalolatnomasi»ga asosan asosiy
podaga o’tkaziladi. Ushbu muomala 0840-«Asosiy podani tashkil qilish»
118
schyotining debeti va 1110 schyotining kreditida, bir vaqtning o’zida
0170- «Ishchi xayvonlar» yoki 0171- «Mahsuldor hayvonlar» schyotining
debetida va 0840- «Asosiy podani tashkil qilish» schyotining kreditida aks
ettiriladi.
Ushbu guruhdagi xayvonlarning sotilishi, so’yilishi yoki ehson qilinishi
natijasida hisobdan chiqarilishi 9220-«Boshqa aktivlarning chiqibi ketishi»
schyotining debeti va 1110-schyotining kreditida shartnomada kelishilgan
summada aks ettiriladi.
Agarda mahsuldor hayvonlar tegishli
dalolatnomaga asosan brakka
chiqarilib, lekin boquvga qo’yilmay sotilsa ushbu muomala shartnomada
belgilangan summada 9210- «Asosiy vositalarning chiqibi ketishi »
schyotining debetiga va 0170- «Ishchi hayvonlar» yoki 0171- «Mahsuldor
hayvonlar» schyotlarining kreditidan qabul qilinadi.
Mabodo o’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar xarom o’lsa yoki
majburiy so’yilsa ularning qiymati 9220 schyotning debetida va 1110
schyotning kreditida qayd qilinib, olingan mahsulotlar yoki yordamchi
mahsulotlar tegishli 2800-«Tayyor mahsulotlar» schyotlarining debetida
iste’mol qilish yoki sotish bahosida qayd qilinadi.
Ushbu xayvonlar tabiiy ofatlar- yoki epizootiya natijasida nobud bo’lsa
ularning qiymati sub’ektning
zarariga olib boriladi, debet 9720-
«Favqulodda zararalar» schyotining debetiga 1110 schyotning kreditidan.
1110- «О’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar» schyoti bo’yicha analitik
hisob hayvonlarning manzili, turlari, guruhlari bo’yicha yuritiladi.
O’stirishdagi va boquvdagi xayvonlarning harakati bilan bog’liq
muomalalarni schyotlarda qayd qilishning chizmasi.
Dostları ilə paylaş: