kelajakdagi iste’molchilar, bu aktivlar yaratilganida yig’ilgan foizlarni va
mos kommunal xizmatlarini ham to’laydilar.
Foizlarni kapitallashtirishning asosiy sababi shundan iboratki, qurilish
jarayonida foizlar aktivni foydalanish holatiga keltirish uchun zarur
bo’lgan xarajatlarning turlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun
kapitallashtirilgan foizlar aktivning boshlang’ich qiymatining bir qismi
hisoblanadi. Qurilish jarayonida, foizlar kapitalizasiyasining mavjud
bo’lmasligi, qurilish davrida daromadning noto’g’ri oshib ketishiga va
kelgusi davrlarda amortizasiya ajratmalarining kamayishi natijasida
daromadning oshishiga olib kelar edi.
Foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar ma’lum tartib va qoidaga
ko’ra sub’ektning rahbarining buyrug’i bilan tayinlangan komissiya
tomonidan qabul qilib olinadi. Кomissiya tarkibi odatda bosh mexanik,
qurilish bo’yicha mutaxassis, texnika bo’limining vakili, xavfsizlik
texnikasi bo’yicha muhandis, buxgalteriya xodimi va ob’ektni qabul
qiluvchi sex yoki bo’limning boshlig’idan iborat bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: