qilish avvalo uning ma’nosini ko’rib chiqishdan- nimalar natijasida gudvil
hosil bo’ladi-boshlanadi,
keyin esa baholash, ro’yxatdan o’tkazish,
amortizasiya va gudvil hisobi xaqidagi savollariga o’tiladi.
Gudvilning konseptual moxiyati. Asosan, gudvil firmaning odatiy
ko’rsatkichlaridan oshib ketgan, kelajakdagi moliyaviy ko’rsatkichlarining
taxminiy qiymatini ifodalab beradi. Bu taxmin firmaga yoki uning
muomalaviy sharoitiga tegishli nomoddiy qulay xarakteristika(tavsif)lari
yoki omillari firma uchun kelajakda yuqori daromadlarni olish ehtimolini
yuzaga chiqarishdan paydo bo’ladi.
Bunday qulay omillarga quyidagi omillarni misol keltirish mumkin:
1.
A’lo darajadagi rahbarlik qiluvchi komanda;
2.
Sotishni a’lo darajada tashkil qilish;
3.
Bitta yoki bir nechta asosiy raqobatchilardagi bo’sh
darajadagi
raxbarlik;
4.
Alohida samarali reklama (tashviqot);
5.
Ishlab chiqarishning maxfiy jarayoni;
6.
Nihoyatda yaxshi mehnat munosabatlari;
7.
Ishchilarni kasbga tayyorlashda qo’llaniladigan ilg’or dastur;
8.
Ishonchlilikning yuqori reytingi;
9.
Jamiyatda o’zgacha yuqori obro’ (imidj);
10.
Raqobatchining faoliyatidagi qulay bo’lmagan xodisalar;
11.
Boshqa kompaniya bilan o’rnatilgan qulay munosabatlar;
12.
Imtiyozli strategik ixlos;
13.
Ilgari noma’lum bo’lgan resurslarni yoki ishchilarning imkoniyatini
aniqlash;
14.
Soliq kodeksidagi qulay bo’lgan imtiyozlar;
15.
Davlat qonunchiligidagi qulay bo’lgan imtiyozlar.
Bu omillardan har biri, shuningdek ro’yxatda
keltirilmagan boshqa
omillar ushbu omillarning yo’qligiga nisbatan, firmaga katta daromad
olishning usullarini ko’paytiradi. Daromadlarning oshishiga imkon yaratib,
bu omillar firmaning qiymatini alohida
aktivlarning qiymatidan
yuqoriroqqa oshiradi. Qiymatning oshishi ko’pincha firmaning bahosida
aks etadi va gudvil deb nomlanadi.
Gudvilning boshlanishini yaratadigan omillarning asosiy xususiyati
shundan iboratki, ular firmaning boshqa aktivlari bilan bog’liq bo’lgan
qiymatini tashkil etadi. Ular firmaning bir qismi bo’lib,
undan mustaqil
bo’la olmaydi va bundan tashqari ularni alohida sotish imkoniyati ham
bo’lmaydi. O’z navbatida bu tobe’lik baholashda jiddiy muammoni
tug’diradi, chunki firmaning gudvilini firmadan ajratib bo’lmaydi,
257
shuningdek alohida sotib olish yoki sotib bo’lmaydi;
uni faqat firma
sotilganda ob’ektiv baholab bo’ladi. Firma o’zining ishlab chiqarish
rejalarini amalga oshirish paytida gudvilni yuzaga keltirishi mumkin,
gudvilning qiymatini baholash mumkin bo’lganda bog’liq bo’lmagan
boshqa sub’ekt bilan qandaydir bozor munosabatlari yoki muomala mavjud
emas.
Firma gudvilni kelishilgan narxda faqat
u ikkinchi firmani sotib
olgandagina olingan va taqqoslashtirilgan aktivlarning hozirgi bozor
qiymatidan yuqori bo’lgan narxda olgandagina tan oladi.
Hisob maqsadlari uchun gudvilni quyidagi ko’rsatkichlar o’rtasidagi
farqlari bo’yicha ko’rib chiqish mumkin: firmani sotib olishning haqiqiy
bahosi va tenglashtirilgan sof aktivlarning haqiqiy bozor qiymati.
Qachonki gudvil qiymat tamoyiliga muvofiq bo’lsagina xarid qilish orqali
olish uning qiymatini o’lchashning yagona ob’ektiv vositasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: