O bobojonov k. Jumaniyozov


Moliyaviy hisobot uchun kamayish usulini qo’llash tartibi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Moliyaviy hisobot uchun kamayish usulini qo’llash tartibi. Ushbu 
kamayayotgan ob’ektning amortizasiyasi kamayish deb yuritiladi. 
Кamayish – bu qazib olingan resurslarning qiymatiga kamayishning asosi 
bo’lgan qiymatni davriy hisobdan chiqarishdir.
Кamayish qiymatini aniqlashning umumiy uslubi bu qazib olingan 
tabiiy resurslarining mavjudligidir. Кamayish asosi va qazib olinadigan 
tabiiy resurslar birligining smeta qiymati aniq bo’lgan sharoitda kamayish 
birligining me’yori quyidagicha aniqlanadi.
Кamayish asosi = КBMX x qazib olingan Rеzеrvlarning smeta qiymati
264


Har bir davrga tegishli kamayish summasi qazib olingan xom ashyoning 
miqdorini birlik mahsulotga tegishli smeta qiymatiga ko’paytirish usuli 
bilan aniqlanadi. Ushbu summa tegishli sarflar yoki tabiiy resurslarning 
inventar schyotining debet tomonida va tegishli aktivlarning kamayishini 
bildiruvchi schyotning kredit tomonida qayd qilinadi. Agarda ushbu 
inventar schyot qo’llanilsa ushbu tabiiy resurslarni sotish jarayoniga 
asosan ushbu kamayish asosining qiymati sotilgan mahsulotlarning 
qiymati sifatida hisobdan chiqariladi. Hisobot davrining oxirida qazib 
olingan, lekin sotilmagan mahsulotlarga tegishli kamayish qiymati qazib 
olingan TMZ qiymatiga qo’shiladi. Кo’p hollarda kamayish summasi 
kamayayotgan ob’ektning kreditiga yoziladi, lekin ushbu summani 
jamg’arilgan kamayish schyotini ochib uning kreditiga yozilib borilsa
asosiy vositalarning hisobini yuritishga o’xshaydi, chunki kamayish qazib 
olingan xom ashyo qiymatining bir qismidir. Bundan tashqari, agarda 
ushbu xom ashyo sotilsa ushbu sotilgan boyliklarning bir qismini tashkil 
qiladi. Agarda ushbu boyliklar hisobot davrida sotilmasa boshqa ishlab 
chiqarish xarajatlari qatori kamayish summasi chiqarilgan yoki qazib 
olinadigan xom-ashyoga tegishli summani aniqlash ancha qiyinchiliklarni 
tug’diradi. Shuning uchun xam qoplanadigan qiymatga tez-tez tuzatish 
kiritiladi. Shuning uchun smeta bo’yicha qayta tuzilayotgan me’yori uning 
qoldiq asosi va qazib olish hajmiga taqqoslagan holda imkoniyati boricha 
aniq hisoblanishi lozim.
Sub’ektning boshqa uzoq va qisqa muddatli aktivlari qatori nomoddiy 
aktivlar ham xizmat vaqtining tugashi yoki boshqa sabablarga asosan 
hisobdan chiqarilishi, ya’ni sub’ektning tasarrufidan chiqarilishi mumkin.
Ushbu jarayonni qayd qilish va bu ma’lumotlarni umumlashtirish uchun 
9220-"Boshqa aktivlarni sotish va boshqa hisobdan chiqarishlar" schyoti 
qo’llaniladi. Ushbu schyotning debet tomonida chiqib ketayotgan 
aktivlarning balans qiymati, QQS va boshqa sarflar (komission mukofotlar 
va hokazolar) aks ettiriladi. Uning kredit tomonida esa boyliklarni 
sotishdan olingan daromadning summasi va eskirish summasi qayd 
qilinadi.
9220-"Boshqa aktivlarni sotish va boshqa hisobdan chiqarishlar" 
schyotining debet qoldig’i (ko’rilgan zarar) 9432-"Boshqa aktivlarni 
sotishdan va boshqa hisobdan chiqarishlar natijasida ko’rilgan zararlar" 
schyotining debetiga va kredit qoldig’i esa 9320-"Boshqa aktivlarni sotish 
va boshqa hisobdan chiqarishlardan olingan foyda" schyotning kreditiga 
yoziladi.
265


Nomoddiy aktivlarning sub’ekt tasarrufidan chiqib ketishi schyotlarda 
quyidagicha aks ettiriladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin