Qabul qilish-topshirish yukxatlari bir martalik va yig’ma (o’n kunlik,
oylik) bo’lishi mumkin. Bularni topshiruvchi sex xodimi ikki nusxada
yozadi. Bir nusxasi ombor mudiriga beriladi,
ikkinchisi esa, mahsulot
qabul qilingani haqidagi tilxat bilan sexda qoladi.
Buxgalteriyada topshirilgan yukxatlar asosida har oyda tayyor mahsulot
ishlab chiqarishning jamg’aruv qaydnomalari yuritiladi.
Oy tugaganidan keyin qaydnomalarda mahsulot turlariga ko’ra qancha
tayyor mahsulot ishlab chiqarilgani hisoblab
chiqariladi va haqiqiy
tannarxga ko’ra baholanadi.
Tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi mahsulot turlari yoki
buyurtmalari bo’yicha asosiy ishlab chiqarishning analitik hisobi
ma’lumotlariga ko’ra belgilanadi.
Har bir mahsulotning turi bo’yicha belgilangan tannarx summasi tayyor
mahsulotni ishlab chiqarish qaydnomasiga yozib qo’yiladi, so’ngra
jamlanadi.
Shunday qilib, butun ishlab chiqarishning haqiqiy ishlab
chiqarish tannarxi hal bo’ladi.
Har tomonlama mustaqillikni qo’lga kiritgan sub’ektlar o’zlari ishlab
chiqargan mahsulotlarini erkin narxda, iste’molchilar
bilan kelishilgan
narxda sotishga intiladilar. Кamyob mollarni mol, tovar birjalari orqali
sotish, kim-oshdi savdosi keng rivojlangan.
Omborga qabul qilingan va xaridor korxonalarga jo’natilgan mahsulot
buxgalteriya hisobida haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha aks
ettiriladi. Biroq sexlardan mahsulot omborga
qabul qilinganda uning
haqiqiy tannarxi ma’lum bo’lmagani uchun mahsulotning harakatini
hisobda qabul qilingan reja tannarxi yoki ulgurji bahoda-shartnoma narxda
hisobga olinadi, ya’ni baholanadi. Hisobot oyi davomida mahsulot reja
tannarxi bilan haqiqiy tannarxi yoki haqiqiy
tannarx bilan ulgurji baho
o’rtasidagi farq alohida hisobga olinadi.
Tayyor mahsulotni buxgalteriyada yoki omborda hisobga olib borish
uchun schyotlar rejasiga ko’ra 2800-"Ombordagi mahsulotlar" aktiv
inventar schyotlari ko’zda tutilgan. Ushbu schyotlar quyidagilardan iborat:
2800
Dostları ilə paylaş: