Ushbu schyotlardan omborda qancha tayyor mahsulot borligi va uning
harakati to’g’risidagi axborotni aks ettirishda foydalaniladi.
2800-"Ombordagi tayyor mahsulot" schyotlarining debeti 2010-"Asosiy
ishlab chiqarish", 2310-"Yordamchi ishlab chiqarish" schyotlarining
krediti bilan o’zaro bog’lanadi, krediti bo’yicha esa 9100-"Sotilgan
mahsulotlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar"ning
tannarxini
hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’lanadi va bunda 9110-"Sotilgan
mahsulotlarning tannarxi" schyoti qo’llaniladi.
Chet uchun bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar qiymati 2800-
"Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotlarida aks ettirilmaydi, bular
bo’yicha amaldagi xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi
schyotlardan bevosita 9100-"
Sotilgan maіsulot (tovar, ish, xizmat)larning
tannarxini іisobga oluvchi " schyotlariga o’tkazilib, hisobdan chiqariladi.
Ishlab chiqarishda mahsulot tayyorlashning analitik hisobi "Ishlab
chiqarilgan tayyor mahsulotlarning qaydnomasi"da natura va qiymat
ifodasida yuritiladi.
Bu ma’lumotlardan ishlab chiqarish hajmi bo’yicha
rejaning
bajarilishini nazorat qilishda, jamlama hisob varaqlarida buxgalteriya
yozuvlarini qayd qilishda foydalaniladi. Tayyor mahsulotlarning kirimini
qayd etish bilan bog’liq xo’jalik muomalalari 10/1-jurnal-orderda amalga
oshiriladi.
Debet 2800-"Ombordagi va ko’rgazmadagi tayyor mahsulotlar"
schyotlari.
Кredit 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schyoti.
Ombordagi tayyor mahsulotlar ombor hisobida miqdor va qiymat
ifodasida hisobga olinadi yoki materiallarni hisobga olishga o’xshab
turlari, soni, navi va bahosi ko’rsatilib hisobga olinadi.
Bu varaqchalar (kartochkalar) sub’ektning
buxgalteriyasi tomonidan
tayyor mahsulotning har bir nomenklatura raqami uchun ochiladi va tilxat
olib ombor mudiriga topshiriladi. Varaqchalarga yozuvlarni moddiy
javobgar shaxslar muomalalar sodir bo’lishi sari, tayyor mahsulotlarning
kelib tushishi va chiqib ketishi to’g’risidagi xujjatlarga asoslanib yoziladi.
Varaqchada har bir yozuvdan keyin yangi qoldiq hisoblab topiladi.
Varaqchalar omborda maxsus qutilarda saqlanadi. Har bir qutida varaqlar
tayyor mahsulotlarning guruhlari, ular ichida esa nomenklatura raqamlari
bo’yicha joylashtiriladi.
Moddiy javobgar shaxs har kuni yoki bir necha kunda barcha birlamchi
xujjatlarni buxgalteriyaga topshiradi. Hisobning tezkor saldo usuli
qo’llanilganda bu ishlarning hammasi bevosita ombor mudiri tomonidan
327
bajariladi.
Buxgalteriya xodimi muttasil, kamida haftasiga bir marta
bevosita omborning o’zida ombor mudiri ishtirokida mahsulotning
harakati hususidagi birlamchi xujjatlarning ma’lumotlarini ombor hisobi
varaqchalariga o’tkazishning to’g’riligining tekshirib ko’rishi va buni o’z
imzosi bilan tasdiqlashi kerak va aniqlangan tafovutlar va xatolar shu
erning o’zida bartaraf etiladi. Ayni vaqtda birlamchi xujjatlar buxgalteriya
xodimiga topshiriladi.
Odatda birlamchi xujjatlarni qabul qilish-topshirish maxsus reestr bilan
rasmiylashtiriladi. Lekin moddiy javobgar shaxslarning roziligi bilan har
bir muomala bo’yicha yozuvlarning tekshirilgani to’g’risida ombor hisob
varaqchasidagi buxgalteriya xodimining imzosi
xujjatlarni qabul qilish-
topshirish uchun asos bo’lishi mumkin.
Hisobning tezkor saldo (qoldiq) usulida ombordagi tayyor
buyumlarning ham son, ham nav jihatdan hisobga olishning
buxgalteriyada xuddi shu buyumlarning qiymat ifodasidagi hisobi bilan
aloqasi ombordagi tayyor mahsulotlarning qoldiqlari
hisobi qaydnomasi
yordamida amalga oshiriladi. Bir oy mobaynida bu qaydnoma
buxgalteriyada saqlanadi va ma’lumotnoma sifatida foydalaniladi.
Oy oxirida qaydnoma har bir nomenklatura raqami bo’yicha ombor
hisobi varaqchalaridan oy oxirida tayyor mahsulot qoldiqlarining qancha
bo’lganini yozib qo’yish uchun omborga beriladi. Shundan so’ng
qaydnoma yana buxgalteriyaga beriladi, bu erda esa qoldiqlarning miqdori
aniqlanadi va summasi hisoblab chiqiladi.
Ayrim sub’ektlarda ombordagi mahsulotning qoldiqlari qaydnomasi
o’rniga moddiy javobgar shaxsning ombordagi tayyor mahsulotning bir oy
mobaynidagi harakati to’g’risidagi hisobotidan foydalaniladi.
Ushbu
hisobot ombor hisobi varaqchalarining yakuniy ma’lumotlariga ko’ra
tuzilib, ularda har bir nomenklatura raqami asosida ombordagi tayyor
buyumlarning miqdoriy ifodasi aks ettirilgan bo’ladi. Buxgalteriyada
hisobot ma’lumotlari asosida tayyor mahsulotlarning navlari va turlari
bo’yicha aylanma qaydnomasi tuziladi.
Bundan
tashqari, buxgalteriyada tayyor mahsulotlarni ishlab
chiqarishning natura va summa ifodasidagi qaydnomasi, shuningdek 16-
"Tayyor buyumlar harakatini, tayyor mahsulot hamda moddiy boyliklarni
yuklab jo’natish va sotish"ning hisobi qaydnomasi ham yuritiladi.
16-qaydnomaning 1-bo’limida bir xil mahsulot guruhlari bo’yicha hisob
narxlari hamda amaldagi tannarxga ko’ra ombordagi tayyor buyumlarning
harakati ko’rsatilgan bo’ladi. Bu erda qolgan va ishlab chiqarishdan kelgan
tayyor mahsulotning amaldagi tannarx salmog’ining hisob narxlari bo’yicha
328
qiymati aniqlanadi. Ushbu foiz nisbatidan buxgalteriyada hisobot oyida
yuklab jo’natilgan, xaridorlar tomonidan qaytarilgan va oy oxirida qolgan
tayyor mahsulotning haqiqiy tannarxini hisoblashda foydalaniladi.
Oy oxirida omborda qolgan hisob narxlaridagi tayyor mahsulotning
qoldig’i (ombordagi mahsulot qoldig’ining
hisobi qaydnomasiga binoan
yoki moddiy javobgar shaxsning hisobotiga ko’ra) 16-"Tayyor
mahsulotlarning harakati, ularni yuklab jo’natish va sotish"
qaydnomasining 1-bo’limida aks ettirilgan shunga mos qoldiq bilan
solishtiriladi. Qoldiqlarning bir xilligi hisobning to’g’riligidan dalolat
beradi, bir xil chiqmasligi esa, xatolar borligini ko’rsatadi, bu xatolarni esa
o’z navbatida bartaraf etish lozim.
Dostları ilə paylaş: