8.5. Tayyor mahsulotlarning xarakatini – jo’natish va sotish
jarayonini xujjatlashtirish.
Tayyor mahsulotlarning xaridorga jo’natilgani, ishlar bajarilgani va
xizmatlar ko’rsatilgani, vositachilik asosida yoki boshqa shunga o’xshash
asoslarda tayyor mahsulotlar sotish uchun o’tkazilganligi xususida tegishli
xujjatlar (yukxatlar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari) bilan
rasmiylashtirilganida mahsulot (ish, xizmat)larni yuklab jo’natilgan
(sotilgan) mahsulot,
bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlar deb ataladi.
"Asosiy xo’jalik faoliyatdan olingan daromadlar" nomli 2-BXMS
muvofiq mahsulot ombordan chiqarilgan yoki to’lov xujjatlari bankka
topshirilgan vaqtdan boshlab, xaridorlar ularga haq to’lashidan qat’iy
nazar mahsulot sotilgan deb hisoblanadi.
Tayyor mahsulot xaridorlarga mahsulot etkazib berish shartnomasi va
yuklab jo’natish rejasiga ko’ra jo’natiladi.
Shartnomada etkazib berilayotgan mahsulotning nomi, miqdori, turi va
sifat
darajasi yoziladi, narx, hisoblashishlar tartibi, mahsulot etkazib
beruvchi bilan xaridorning to’lov va pochta rekvizitlari hamda boshqa bir
qancha ma’lumotlar qayd etiladi. Mahsulot sotish bo’limi shartnomaga
asosan tayyor mahsulot omboriga mahsulotni xaridorga yuklab jo’natish
haqida buyruq beradi. Mahalliy xaridorlarga
mahsulot ishonchnoma
asosida, boshqa shaharlik xaridorlarga esa farmoyish va yukxat asosida
beriladi.
Farmoyishli yukxatda quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
berilishi lozim bo’lgan va aslida berilgan mahsulotning nomi, navi va
miqdori;
narxi va umumiy summasi;
xaridorning manzili;
javobgar (topshirgan va olgan) shaxslarning imzolari.
Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar topshirish dalolatnomalari
bilan rasmiylashtiriladi.
Sub’ektning buxgalteriyasi mahsulotni jo’natish xujjatlari yoki
bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlarni topshirish dalolatnomasi asosida
xaridor, buyurtmachi nomiga to’lov
xujjatlarini, ya’ni schyot-faktura
(ilova), to’lov talabnomasi (ilova) va to’lov talabnoma-topshiriqnomalarini
(ilova) yozib beradi. Bu xujjatlar mahsulot sotib oluvchini tayyor mahsulot
yuklab jo’natilganidan xabardor qiladi va uning haqining to’lanishini talab
qiladi. To’lov xujjatlarining nusxalari buxgalteriyada qoladi va jo’natilgan
mahsulotlarni hisobga olishda asos bo’lib xizmat qiladi.
331