Davlat korxonalarining ustav kapitali davlatning byudjeti tomonidan
korxonaning foydalanilishiga topshirilgan vaqtda ajratilgan mablag’larning
yig’indisidir.
Nodavlat, kommersiya sub’ektlarining
kapitali esa aksiyadorlar
tomonidan qo’yilgan mablag’larning yig’indisiga teng bo’ladi.
Aksiyadorlar jamiyati (AJ) yuridik shaxs bo’lib uning kapitali aksiya
egalarining qo’ygan ulushidan tashkil topgan. AJ faoliyati ustavi bilan
tartibga solinadi va aksiyadorlar faqat ustav kapitaliga qo’yadigan ulushi
bo’yicha majburiyat oladilar.
AJ-ochiq va yopiq turda bo’ladi.
Ochiq AJ aksiyalari
ochiq usulda sotiladi, bir shaxsdan ikkinchi
shaxsga o’tadi, ya’ni qimmatbaho qog’ozlar birjasida sotilishi mumkin.
Yopiq AJ aksiyalar
bozorga chiqarilmaydi, bundan tashqari o’z
ulushlarini boshqa aksiyadorlarning roziligisiz sotishi mumkin emas.
AJ ustav kapitalining hajmi uning ustavida ko’rsatilgan bo’ladi. Ustav
kapitalining ko’payishi yoki kamayishi aksiyaning nominal qiymatining
bozordagi talab va taklifning ta’sirida oshishi yoki kamayishiga bog’liq.
AJ tomonidan chiqarilgan aksiyalar naqd pulga, pul o’tkazish yo’li
bilan, mulkka, ya’ni uzoq va qisqa muddatli aktivlar hisobiga ham sotilishi
mumkin.
8300
Dostları ilə paylaş: