8330 - «Pay va ulushlar» schyoti xo’jalik yurituvchi sub’ektlar-ning
tashkiliy huquqiy shakllariga asosan davlat yoki xususiy, qo’shma
korxonalarda qatnashuvchilarning badallari hisobiga tashkil qilingan
kapitallarning holati va harakatini hisobga olish uchun mo’ljallangan.
Davlat korxonalari davlat tomonidan ajratilgan asosiy va aylanma
mablag’lardan tashkil qilingan va o’rnatilgan tartibda ustav
jamg’armalarini tashkil qiladilar.
Ulush kapitali mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik
faoliyatini yuritish uchun ta’sischilar omonatlarining yig’indisidan tashkil
topadi.
Ulush jamg’armasi - mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ektning
birgalikdagi ishbilarmonlik faoliyatini yuritish uchun ishlab chiqarish
kooperativi a’zolarining ulush badallari yig’indisidan tashkil topadi.
Ustavda qayd qilingan va ta’sis xujjatlarda ko’rsatilgan
ta’sischilarning ulushi va omonatlaridan tashkil topgan sub’ektning ustav
kapitalini ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin ta’sischilarning ulushi va
omonatlarining summasi 8330 - «Pay va ulushlar» schyotining krediti va
4610-«
Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha
qarzi» schyotining debetida qayd qilinadi.
Ta’sischilar omonatining sub’ektga kelib tushishi 4610-«
Ustav
kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi» (fondi)ga
badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining kreditida va pul
mablag’larini, moddiy va nomoddiy qiymatliklarni hisobga oluvchi
schyotlarning debet tomonida ko’rsatiladi.
Ustav kapitali (fondi)ning analitik hisobi xo’jalik yurituvchi
sub’ektning har bir ta’sischisi bo’yicha ayrim olgan holda yuritilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: