Rеzеrvlarni hisobga olish muomalalari 8910-"
Kеlgusi xarajatlar
va to’lovlar rеzеrvlari " schyotining krediti va tegishli ishlab
chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlarini hisobga oluvchi 2010, 2310,
2510, 3100, 9400 schyotlarining debeti tomonida qayd kilib boriladi.
Rеzеrvga ajratilgan mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan sarf va
to’lovlarning summasi rеzеrvlarning kamayishiga olib boriladi - debet
8910- "
Kеlgusi xarajatlar va to’lovlar rеzеrvlari " schyoti va:
kredit 2310-"Yordamchi ishlab chiqarish"- sub’ektning sexlari
tomonidan asosiy vositalarni ta’mirlash qiymatiga;
ayrim hollarda ilgari kelgusi sarflar tarkibida rеzеrvlashtirilgan
material qiymatliklarining sarfi (1000), asosiy vositalarning eskirishi
(0200), tegishli schyotlardan to’g’ridan-to’g’ri (8910-"
Kеlgusi
xarajatlar va to’lovlar rеzеrvlari" schyot qatnashmagan holda)
xarajatlarga olib boriladi.
U yoki bu rеzеrvning tashkil qilinishi va mablag’larning foydalanishi
vaqti-vaqti bilan (yilning oxirida albatta) me’yor, hisoblar va boshqalarga
asosan tekshirilib turiladi, zaruriyat tug’ilganda muqobillash
(korrektura)tiriladi.
8910-"
Kеlgusi xarajatlar va to’lovlar rеzеrvlari " schyoti
bo’yicha analitik hisob har bir Rеzеrv va to’lovlar bo’yicha alohida
yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: