eskirish miqdorlari va foydalanishdagi asosiy vositalarning eskirish
summalarining miqdorlari ham kiradi.
9-ustunda asosiy
vositalarning tugatilishi, sotilishi va boshqa xil
hisobdan chiqarilishi bo’yicha hisoblangan eskirish summasining
miqdorlari aks ettiriladi.
11-ustunda 3 va 7-ustunda keltirilgan ma’lumotlar farqining natijasi,
ya’ni yil boshiga bo’lgan asosiy vositalarning
sof qoldiq qiymati aks
ettiriladi.
12-ustunda 6 va 10-utunda keltirilgan ma’lumotlar farqining natijasi,
ya’ni hisobot davri oxiriga bo’lgan asosiy vositalarning sof qoldiq qiymati
aks ettiriladi.
"Ja’mi" moddasida aloxida satrlar bo’yicha ishlab chiqarish va noishlab
chiqarishdagi asosiy vositalarning harakati ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga sanoat mahsulotlarini ishlab
chiqarish, qo’rilish, qishloq xo’jaligi, savdo, umumiy avqatlanish,
transport, qishloq xo’jaligida mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va
boshqa xil moddiy ishlab chiqarish doirasi bilan bog’liq asosiy vositalar
kiradi.
Noishlab chiqarish uchun mo’ljallangan asosiy
vositalarga uy-joy va
kommunal xo’jaligi, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, ijtimoiy ta’minot,
xalq ta’limi, madaniyat va boshqa sohalar bilan bog’liq asosiy vositalar
kiradi.
"Tugallanmagan qurilish" moddasida sub’ektning ham pudrat, ham
xo’jalik usulida ob’ektlarni qurish va shu bilan birga asosiy vositalarga
egalik qilish xarajatlarining harakati ko’rsatiladi.
4-ustundagi yordamchi qismda sub’ekt tomonidan ob’ektlarni qurishga
sarflangan (to’lashga qabul qilingan va pudratchi tashkilotlarga to’langan
schyotlar) va asosiy vositalarga egalik qilish uchun sarflangan xarajatlari
ko’rsatiladi.
5-ustundagi yordamchi qismda foydalanishga qabul qilingan qurilish
ob’ektlari va egalik qilingan asosiy vositalarning qiymati, shu bilan birga
asosiy vositalar qiymatini oshirmaydigan hisobdan chiqarilgan
(hisoblangan) xarajatlar ko’rsatiladi.
"Ma’lumot uchun" bo’limchasida quyidagilar ko’rsatiladi:
Sub’ekt tomonidan yil davomida qaysi
guruh manbalari hisobiga
ob’ektlarning qurilishi va asosiy vositalarning egalik qilinishining
moliyalashtirilishi ko’rsatiladi.
Boshqa sub’ektlarga ijaraga berilgan ayrim asosiy vositalarning
qiymati ko’rsatiladi.
423
Ayrim satrda ijaraga olingan asosiy vositalarning qiymati va ularning
ijarachi sub’ektining hisobida turishi ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: