Blanka (fr. Blanc-varakalar) - zaruriy belgilari mavjud bo’lgan
bosma ko’rinishidagi xujjat shakli. Blankalardan buxgalteriya xujjatlarini
tuldirishda foydalaniladi. Bunda bosma ko’rinishidagi namunada yoki kul
yozuvida xujjatlar tuldiriladi. Blankalardan foydalanish xujjatlarni
tuldirishni osonlashtiradi va tezlashtiradi, ularni yagona ko’rinishiga olib
keladi. Ma’lum bir blankalar isrof qilinishining, oldini olish maqsadida
kat’iy hisobga olinadi va xar biriga tartib raqamlari quyib chiqiladi.
Masalan, kassa kitobi, bosh kitob shunday blankalardan hisoblanadi.
Brutto (ital. brutto-ko’pol) - tovarlarning idishi yoki urovi bilan
birgalikdagi og’irligi. Tovarlarning bunday og’irligi ba’zi xollarda zarur
bo’lsada, lekin tovarning sof og’irligi haqida aniq ma’lumot berolmaydi.
Buning uchun tovarning sof og’irligi (netto)ni aniqlash lozim.
Dostları ilə paylaş: