O bobojonov k. Jumaniyozov


Franshiz - boshqa firma maxsulotini sotish yuzasidan berilgan  xuquq. Franshiza



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Franshiz - boshqa firma maxsulotini sotish yuzasidan berilgan 
xuquq.
Franshiza - sug’urta shartnomasi sharti bo’lib, ma’lum bir hajmdan 
oshmagan zararlarni koplashdan sug’urtachini ozod qilishni ko’zda tutadi.
Fraxt - transportning turli ko’rinishlarida yuklarni tashish uchun 
to’lov. 
Fyucher kelishuvi - fond yoki tovar birjalaridagi kelishuv turi, 
bo’lib shartnomada qo’rsatilgandek, kelishuv to’zilganidan keyin 
belgilangan muddatda aksiyalarni berish yoki tovar uchun pul to’lov 
summalarining berilishini nazarda tutadigan kelishuv turi hisoblanadi.
Xayring - mashina, asbob-uskuna, transport vositalari va 
boshqalarning bir kundan bir necha oygacha bo’lgan qisqa muddatli 
ijarasi, ekvivalenti - prokat.
Xarzver - hisoblash texnikalarining qismlarini ishlab chiqaruvchi 
sanoat tarmog’i.
Xedj - tezkor kelishuv bo’lib, mumkin bo’lgan baho pasayishidan 
sug’urtalash uchun kelishuv.
Xedjirlashtirish - valyuta xavfini sug’urtalashning turli usullarni 
ifodalash uchun bank, birja va tijorat amaliyotida foydalaniladigan termin.
Xolding kompaniyasi - boshqa aksiyadorlik jamiyatlari ustidan 
nazoratni olib borish maqsadida ular aksiyalarining nazorat paketlarini 
sotib olish uchun o’z kapitallaridan foydalanuvchi aksiyadorlik 
kompaniyasi.
Xususiylashtirish - davlat yoki munisipial mulkchilikni (korxona, 
bank, transport, aloka, bino, aksiya va boshqalar) to’lov hisobiga yoki 
bepul xususiy mulkchilikka berish. 
Xo’jalik mablag’larini baholash - tabiiy qo’rsatkichlarni pul 
ko’rinishiga aylantirish. 
Xalk xujaligidagi hisob turlari - xalq xo’jaligidagi xo’jalik hisobi 
tizimidir. Ular buxgalteriya hisobi, statistika va tezkor hisobdir.
Shaxmat yozuvi - xo’jalik jarayonlarini hisob registrlarida shunday 
aks ettirishki, bu usulda bir marta yozilgan summa, tegishli schetlarning 
debeti va kreditida aks ettirilgan bo’ladi. 
Shartnoma - Ikki yoki bir nechta yuridik yoki jismoniy shaxslar 
o’rtasida ma’lum bir munosabatlarni o’rnatish, o’zgartirish yoki tugatish 
haqidagi kelishuv. 
446



Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin