Pul mablag’larining boshqaruv funksiyasini bajarish bo’yicha to’xtovsiz
nazoratni ta’minlash va yozuvlarni yuritish. Bu nazorat, kundalik va
kassadagi naqd pulning kutilmagan hisobi, ichki taftish va kundalik
olingan pul mablag’lari, to’lovlar va qoldiqning kundalik hisobotini o’z
ichiga oladi.
Pul mablag’larining sarfini nazorat qilish tartibi quyidagilardir.
Кo’pchilik kompaniya va firmalar juda ko’p remitentlarga pul to’laydilar.
Pul mablag’larini nazorat qilish tizimi har bir kompaniya va firma uchun
ayrim ishlab chiqarilsa ham quyidagi qoidalar ko’p hollarda umumiy holda
qo’llaniladi:
pul mablag’larining xarajatlari haqidagi xujjatlarni yuritish bo’yicha
cheklarni yozish, imzolash, ularni yuborish va yozuvlarni yuritish bo’yicha
majburiyatlarni taqsimlab berish;
xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflangan xarajatlarni kichik summadan
tashqari (kichik kassalar), oldindan raqamlangan cheklar bilan
rasmiylashtirish (xarajat orderlari bilan);
agar kichik kassaning schyotlari qo’llanilsa, ulardan foydalanish
bo’yicha huquqlarni nazorat qilish zarur;
xarajatni tasdiqlovchi zarur xujjatlar mavjud bo’lsagina kassaning
chiqim orderlarini yozish;
pul mablag’larini ro’yxatga olish va rasmiylashtirish ustidan nazorat
qilish, ya’ni kassaning kirim va chiqim daftarini o’z vaqtida va to’g’ri
yuritish.
Dostları ilə paylaş: