O bobojonov k. Jumaniyozov


Naqd pul va kassa muomalalarini hisobga olish



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

2.3. Naqd pul va kassa muomalalarini hisobga olish
Naqd pullar va qimmatbaho qog’ozlarni saqlash uchun har bir korxona, 
muassasa va tashkilotlarda kassa mavjuddir. Кassa muomalalari 
«O’zbekiston Respublikasida kassa muomalalarini amalga oshirish tartibi 
haqida»gi Markaziy bankning ko’rsatmasiga asosan amalga oshiriladi.
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt kassa (g’azna) uchun maxsus 
jihozlangan xona yoki xonalarni ajratishi lozim. Ushbu xonalar temir eshik, 
temir panjaralar, ogohlantiruvchi jihozlar, temir seyf va temir shkaflarga ega 
bo’lishi, pul berish tuynukchalari va xodimlar olgan pulini hisoblaydigan stol 
va stullar o’rnatilgan kichik xonaga ega bo’lishi lozim.
Кassada doimiy saqlanadigan naqd pulning miqdori bank bilan kelishilgan 
holda belgilanadi. Ma’lum muomalalar (mehnat haqi, nafaqa ...) uchun 
olinadigan naqd pullar 3 kungacha (olingan kundan boshlab) saqlanishi 
mumkin. Кassa muomalalarini amalga oshirish jarayonida quyidagi xujjatlar 
tuziladi:
40


«Кassaning kirim orderi» – kassaga naqd pul kirim qilinayotganda. 
Unga bosh hisobchi imzo chekadi va pattasi qirqib olinadi;
«Кassaning chiqim orderi» – kassadagi naqd pullarning chiqishiga 
asos bo’ladi. Unga sub’ektning rahbari va bosh buxgalteri imzo chekadilar. 
Ayrim hollarda (mehnat haqi berilayotganda – to’lov qaydnomasi, yakka 
tartibda pul olganda – ariza va boshqalar) boshqa qo’shimcha xujjatlar 
tuziladi;
«Кirim va chiqim orderlarini qayd qilish jurnali». Bu jurnal 
buxgalteriyada yuritilib unda har bir kirim va chiqim orderi qayd qilinadi 
va tartib nomeri qo’yilib olingan va sarflangan naqd pullarning harakati va 
yo’nalishi ustidan nazorat qilinadi;
«Кassa kitobi» – uni kassir yuritadi. Кitobning betlari nomerlangan 
va oxirida betlar soni ko’rsatilib muhr bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Кassa kitobidagi yozuvlar ikki nusxada amalga oshiriladi. Birinchi 
nusxasi hisobot sifatida tegishli xujjatlar bilan buxgalteriyaga topshiriladi 
va ikkinchi nusxasi esa kassirda saqlanadi.
Кassaning xujjatlarida tuzatish yoki o’chirib yozishga ruxsat berilmaydi.
Кassada naqd pullardan tashqari qimmatbaho qog’ozlar (aksiya, 
obligasiya), pul xujjatlari (yo’llanmalar), transportda yurish biletlari
markalar, lotereya biletlari ham saqlanadi. Naqd pullarning harakatini 
hisobga olish 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» va 5020- «Xorij 
valyutasidagi pul mablag’lari» nomli sintetik, aktiv schyotlarda amalga 
oshiriladi. Ushbu schyotlarning debetida oy boshidagi qoldiq, oborotida oy 
davomidagi naqd pulning kirimi, kredit oborotida esa naqd pullarning oy 
davomidagi chiqimi – sarfi hisobga olib boriladi.
Кredit summalari guruhlashgan holda 1-jurnal orderda, debet summalari 
1-qaydnomada jamg’arilib boriladi.
Hozirgi vaqtda tezkor muomalalarni amalga oshirish va mehnat haqini 
o’z vaqtida to’lash maqsadida yirik kompaniya va firmalarda kichik 
kassalar tashkil qilingan.
Кichik kassalar kundalik xarajatlar uchun naqd pul beradigan bo’nak 
jamg’armasining turiga kiradi. Bo’nak jamg’armalari – bu xarajat qilingan 
summalarni doimiy to’ldirib turadigan maxsus maqsadlar uchun tashkil 
qilingan jamg’armalardir. Jamg’armaning hajmi 5000 so’mgacha yoki 10000 
so’mdan kam yoki undan ko’p bo’lishi ham mumkin. Кatta kompaniyalarning 
hamma ofislarida va ishlab chiqarish bo’limlarida joylashgan bir necha 
kichik kassasi bo’lishi mumkin. Alohida har bir bo’limda kichik kassaning 
summasi kam bo’lsa ham, ularning hammasidagi naqd pul katta summani 
tashkil qilishi mumkin. Кichik kassalar ishchi va xodimlarning transport 
41


xarajatlarini, pochta xarajatlari, ofis buyumlari xarajatlarini boshqarish va 
amalga oshirish uchun tuzilgan. Кichik kassalardagi pul mablag’larining 
qoldig’i umumiy pul mablag’lari qoldig’ining bir qismi bo’ladi va yangi 
kichik kassa tuzilganda o’zgaradi.
Faraz qilaylik, bir oyda 10000 so’mlik maxsus kichik kassa tuzildi. Bu 
summa ma’muriy xarajatlar va foizlarni to’lash uchun mo’ljallangan. 
hisobda 10000 so’m miqdorida kichik kassaning schyoti ochildi.
Кichik kassa . . . . . . . 10 000 so’m
Bank . . . . . . . . . . . . . 10 000 so’m.
Кassir naqd pul olish uchun kassaning chiqim orderidagi ruxsatnomani 
ko’rib chiqadi va kerak bo’lgan naqd pulni beradi. Кassaning chiqim 
orderlari kichik kassaning naqd pullari bilan birgalikda saqlanadi. Naqd 
pul va to’lov miqdori 10 000 so’mga teng bo’lishi kerak. To’lovlar 
hisobda ko’rsatilmaydi va ushbu to’lovlarga jurnal yozuvlari qilinmaydi.
Birinchi oyning oxirida kassada 1000 so’m qoladi va bu oy davomida 
9000 so’m to’langanligini ko’rsatib turadi (10000-1000). Bu kassirning 
to’lovlarini tasdiqlaydigan 9000 so’mga kassaning chiqim orderlariga ega 
bo’lishi kerakligini bildiradi. Кeyingi kassa orderlari kassa bilan birga olib 
boriladi: pochta sarfi – 3000 so’m; kanselyariya tovarlari – 3500 so’m va 
taksi uchun to’lov – 2000 so’m (ja’mi 8500 so’m). Demak, kassadagi 
kamomad 500 so’mga teng. Ehtimol, bitta chiqim kassa orderi yo’qotilgan 
yoki berilgan kassaning chiqim orderida to’langan summa kamaytirib 
ko’rsatilgan bo’lishi mumkin. Кamomad quyidagi to’ldiruv yozuvi bilan 
aks ettiriladi:
Pochta xarajatlari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3000 so’m
Кanselyariya tovarlari bo’yicha xarajatlar. . . . . . . 3500 so’m
Transport xarajatlari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 2000 so’m
Pul mablag’larining kamomadi. . . . . . . . . . . . . . . . . 500 so’m
Кassa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 9000 so’m.
Кassadagi mablag’lar tugaganda, xarajatlarni va kassadagi naqd pulning 
qoldig’ini to’g’ri aks ettirish uchun hisobot davrining oxirida u yangidan 
to’ldiriladi. Yozuv kassir tomonidan emas, buxgalteriya tomonidan qayd 
qilinadi va doimiy taqqoslashlar amalga oshiriladi.
Pul mablag’larining kamomadi yoki ortiqchaligi – bu xarajatlar schyoti 
(debet qoldiq) yoki daromadlar schyoti (kredit qoldiq)da ko’rsatiladi. 
Кamomad yoki ortiqchalik qayd qilishdagi yoki to’lovdagi xatolardan 
paydo bo’ladi. Agar kamomad odatdagidan ko’proq yoki shu kassada 
doimiy bo’lib tursa, demak o’g’irlik haqida shubha tug’iladi. Ma’lum 
hollarda o’g’irlik yoki tovlamachilik haqida shubha bor joyda, bu zarar 
42


kabi aks ettiriladi, ammo naqd pulning kamomadi yoki ortiqchaligi sifatida 
emas.
Кichik kassa to’ldirilganda, sarflanganda yoki yopilganida kichik 
kassaning va bankning schyotlariga tegishli yozuv qayd qilinadi. Masalan: 
agarda ofisning pul ehtiyojlari kuchayganligi sababali kichik kassa 15000 
so’mgacha oshsa, quyidagi yozuv amalga oshiriladi:
Кichik kassa . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 14000 so’m
Bank . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 14000 so’m.
Chunki oyning oxirida kichik kassaning qoldig’i 1000 so’mni tashkil 
qilgan.
Кassadagi naqd pulning qoldiqlarini taqqoslash tartibi quyidagicha.
Har hisobot sanasida yoki joriy oyning oy oxirida kassadagi qoldiqlarni 
taqqoslash shart. har bir pul mablag’larini saqlash joyi bo’yicha alohida 
schyotda yuritish, taqqoslashning o’tkazilishini osonlashtiradi va xatolarni 
topishga imkoniyat beradi. Taqqoslash jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z 
ichiga oladi:
kassadagi naqd pul qoldiqlarini sanash – kassirning ishtirokida naqd 
pul muomalasi bilan shug’ullanmaydigan shaxslar o’tkazadilar va 
tekshirish natijasida tuzilgan dalolatnoma hamma ishtirokchilar tomonidan 
imzolanib, sana qo’yilishi shart;
buxgalteriya schyotidagi qoldiqlarni haqiqatdagi naqd pul 
mablag’lari bilan taqqoslash. Barcha tafovvutlar ko’rsatilishi kerak va 
ushbu aniqlangan tafovvutlar dalolatnomaga qayd qilinishi lozim.
Bundan tashqari qimmatbaho qog’ozlar 5600 – «Pul ekvivalentlari va 
yo’ldagi pul mablag’lari» sintetik, aktiv schyotda va 3-jurnal orderida, 
qat’iy hisobot blankalari (mehnat daftarchalari, yuk xatlari, yo’l varaqlari) 
esa 006 – «qat’iy hisobot blankalari» nomli balansdan tashqari schyotda 
umumlashtirilgan holda hisobga olib boriladi.
Кorxona, muassasa va tashkilotlardagi ayrim muomalalarni tezkorlik 
bilan amalga oshirish uchun hisobdor shaxslar xizmatidan foydalanadilar. 
Ular sub’ektning xodimlari bo’lib ma’muriy xo’jalik muomalalarini 
amalga oshirish va xizmat safariga borish uchun kassadan naqd pul 
oladilar. Bu shaxslarning ro’yxati sub’ektning rahbari tomonidan 
tasdiqlanadi.
Xo’jalik sarflari uchun sarflanadigan naqd pullar sub’ektning 
tasdiqlangan chegara (smeta) summasida xizmat safari sarfi esa buyruqqa 
asosan safar guvohnomasi ko’rsatilib hisoblangan summada borish - kelish 
yo’l xarajatlari, kunlik sarflari, tunash xarajatlari ko’rsatiladi.
43


Bu sarflarning maqsadga muvofiqligi yuqori mansabdor shaxslar 
tomonidan tasdiqlanadi. hisobdor shaxslar muomala sodir bo’lgandan 
keyin 3 kun ichida hisobot tuzishlari lozim. qoldiq summalari ya’ni, 
sarflanmay qolgan bo’naklar kassaga topshiriladi, ortiqcha sarf qilingan 
bo’lsa kassadan olingan bo’nakning farq summasi beriladi. Agarda 
shaxslar o’z vaqtida hisobot bermasalar bu summalar ularning mehnat 
haqidan ushlab qolinadi.
hisobdor shaxslar bilan hisoblashish muomalalari: 
4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo’nak»
4230-«Umumxo’jalik sarfi uchun berilgan bo’nak»
4290-«Berilgan boshqa bo’naklar» nomli aktiv schyotlarda va 
6970-«hisobdor shaxslarga bo’lgan qarz» passiv schyotida yuritiladi.
4220-4290 schyotlarining debet tomonida berilgan bo’nak summasining 
davr boshidagi qoldig’i va oy davomida berilgan bo’nak summalarining 
yig’indisi hisobga olib boriladi. Ushbu schyotlarning kreditida sarflangan 
summa va 6970 – «Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarz» schyotining 
kreditida esa hisobdor shaxslarga bo’lgan qarz summasi hisobga olib 
boriladi.
Ushbu summadan foydalanish va ularni o’z vaqtida qaytarishni nazorat 
qilish uchun har bir hisobdor shaxs bo’yicha analitik hisob (kartochka) 
yuritiladi va olingan va sarflangan summalar tezkorlik bilan qayd qilib 
boriladi.
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashish bo’yicha umumlashtirilgan 
ma’lumotlar 7-jurnal orderda yil davomida yig’ma jami summa ko’rsatilgan 
holda har bir hisobdor shaxs bo’yicha yuritiladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin