O bobojonov k. Jumaniyozov


 Maxsus schyotlardagi va yo’ldagi pul mablag’lari va pul



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

2.6. Maxsus schyotlardagi va yo’ldagi pul mablag’lari va pul 
o’tkazmalarining hisobini yuritish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida hisoblashishning har xil turlari, 
ya’ni sub’ekt mablag’ining aylanishini tezlashtirishga yordam beradigan 
omillar qo’llaniladi.
Amalga oshirilayotgan muomalaning mohiyati va ahamiyatiga muvofiq 
xo’jalik sub’ektlari hisoblashish jarayonida quyidagi vazifalarni 
bajaradilar.
tovar muomalalari yuzasidan hisoblashishlar, agarda sub’ekt tayyor 
mahsulotlarini xaridorlarga sotsa, ish bajarsa va xizmat ko’rsatsa – 
mablag’ oluvchi sifatida;
agarda mol etkazib beruvchilar va xizmat ko’rsatuvchilardan xom 
ashyo va moddiy qiymatliklar olsa yoki ular bajargan ish yoki xizmatni 
iste’mol qilsa – tayyorlovchi sub’ekt yoki majburiyat egasi sifatida;
bundan tashqari notovar muomalalari bo’yicha ham turli muomalalar 
– mablag’lar bilan amalga oshiriladigan qarz olish yoki qarz berish
investisiya muomalalari ham amalga oshiriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar – mol etkazib beruvchilar va 
xaridorlarning joylashish manziliga muvofiq bitta shahar ichidagi va 
shaharlararo hisoblashishni ham amalga oshiradilar. Ushbu 
hisoblashishlarning shakli O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
tomonidan belgilanadi.
Hozirgi davrda ushbu sub’ektlar o’zaro majburiyatlarini bajarishda 
hisoblashishlarning quyidagi shakllaridan foydalanadilar:
to’lov topshiriqnomalariga asosan, ayrim hollarda inkassa shaklida;
akkreditivlar va maxsus schyotlar yordamida;
rejali to’lovlar tartibida;
o’tkazmalar – aloqa vazirligi korxonalarining yordamida 
o’tkaziladigan pul mablag’lari;
chek daftarchalaridagi cheklar yordamida va boshqalar.
Xo’jalik faoliyatini yuritish jarayonida ushbu yuqorida qayd qilingan 
shakllarning muqobil shaklini qo’llash hisoblashishlarni tezlashtirish, 
majburiyatlarining kamayishi, tovar moddiy qiymatliklarni olish muddatining 
qisqarishi va debitor va kreditor qarzlarning kamayishiga, oqibat natijada pul 
mablag’laridan samarali foydalanishga olib keladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning maxsus schyotlaridan milliy va xorijiy 
valyutalardagi pul mablag’larining holati va harakati ustidan nazoratni 
o’rnatish va kuchaytirish maqsadida ularning hisobini yuritish uchun 
60


5500-«Bankdagi maxsus schyotlar» schyotlarining guruhi qo’llaniladi. 
Ushbu mablag’lar- aktiv schyotlarda sub’ektning maxsus mablag’lari 
haqidagi axborotlar umumlashtiriladi.
5500-«Bankdagi maxsus schotlardagi pul mablag’lari» schyotlarida 
akkreditivlar, limitlangan va limitlanmagan chek daftarchalari, maxsus 
maqsadlar uchun ajratilgan va boshqa shunga o’xshash mablag’larning 
holati va ularning harakati – kirimi va sarfi qayd qilib boriladi.
Akkreditivlar va chek daftarchalari bilan hisoblashishlar taqozo 
qiladigan hisoblashish turlari debitorlar qarzining ko’payib borishi 
sharoitida akkreditiv va chek bilan hisoblashishlardir.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin