Aksiyalar bo’yicha dividendlardan keladigan daromad, investor
tomonidan emitent tomonidan hisoblanadigan dividendlarni e’lon qilgan
kuni 4830-«Olinadigan dividendlar» schyotining debeti va
9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotining krediti
bo’yicha tan olinadi.
Ayrim hollarda investor olayotgan dividendlar – xarid sanasidan
boshlab olingan investor foydasining mutanosib (proporsional) ulushidan
yuqori bo’ladi. Bu dividendlar investisiyalardan daromad deb emas, balki
kapitalning qaytimi deb hisobga olinishi kerak, ya’ni hisoblangan dividend
summasi (to’liq yoki uning bir qismi) quyidagi misolda ko’rsatilganidek,
investisiyalar schyotining kreditida qayd qilinadi.
Faraz qilaylik, 20___ yilning 1 yanvar kunida «A» kompaniyasi
«ABS» kompaniyasining ovoz berish huquqiga ega bo’lgan 10%
aksiyalarini sotib oldi. Ushbu yil uchun «ABS» kompaniyasining sof
foydasi 40000 so’mni tashkil qilgan edi, shu yilda bu kompaniya umumiy
6000 so’mda quyidagi jurnal yozuvlarini amalga oshirishi kerak:
Debet 5110- «Hisob-kitob schyoti».............................. 6000 so’m
Кredit 9520- «Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar»......... 4000 so’m
Кredit 5810- «Qimamatli qog’ozlar»..................... 2000 so’m
Investisiyalar haqiqiy qiymatgacha qayta baholanganda, muntazamlikka
amal qilish maqsadida qayta baholashning takrorlanish tezligi
(chastotalari) ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: