3.4. Fakturasiz TMZni hisobga olish tartibi.
Agarda sub’ektning nomiga fakturasiz TMZ kelib qolgan bo’lsa, u
vaqtda tezda qabul qilish dalolatnomasi tuziladi va TMZ omborga qabul
qilinib hisobot bilan ilova sifatida buxgalteriyaga topshiriladi. Ushbu
dalolatnomada TMZ sub’ektning hisob siyosatida qabul qilgan bahoda
baholanadi, 6-jurnal-orderga qayd qilinadi, omborxonaga qabul qilinadi va
akseptlanadi. Fakturasiz qabul qilingan TMZ 6-jurnal-orderga oyning
oxirida qayd qilinadi, agarda ushbu oyda tasdiqlovchi to’lov xujjatlarini
olish imkoniyati bo’lmasa 6-ustuniga schyot nomeri o’rniga F-1 belgisi
qo’yiladi. Chunki ularning qiymatini to’lash mumkin emas, sababi bank
uchun mablag’larni o’tkazishga asos to’lov talabnomasi yoki schyot-
faktura hisoblanadi. Кeyingi oyda to’lov xujjatlarining kelib tushish
sanasidan ular akseptlanadi, bank orqali qiymati to’lanadi va
buxgalteriyada 6-jurnal-orderning tegishli materiallar guruhida qayd
qilinadi va "aksept" ustunida belgilanadi. Кeyin "saldo" qatorida
(to’lanmagan hisoblashish) tegishli bahoda ilgari yozilgan summa
o’chiriladi (storno). Ushbu yozuvlar amalga oshirilgandan keyingina ushbu
TMZ bo’yicha mol etkazib beruvchilar bilan hisoblashish tugallangan deb
hisoblanadi.
3.5. Yo’ldagi tovar-moddiy Rеzеrvlarini hisobga olish.
Agarda TMZ to’lov xujjatlari olinib akseptlangan, lekin ular xaligacha
sub’ekt omboriga kirim qilinmagan bo’lsa ushbu qiymatliklar yo’ldagi
TMZ deyiladi. Chunki bank tomonidan qiymatining to’langanligi yoki
to’lanmaganligidan kat’iy nazar akseptlangan to’lov xujjatlari hisobga
olinishi lozim.
To’lov xujjatlari 6-jurnal-orderning «Кelmagan yuklar» va «Aksept»
ustunlarida oy davomida qayd qilib boriladi. Oyning oxirida esa sub’ekt
ushbu TMZ o’zining balansiga qabul qilishi va tegishli guruhlarga yozishi
107
shart. Lekin keyingi oyning boshidan ushbu mollar yuzasidan bo’ladigan
hisoblashishlar davom qiladi. qiymatliklar omborga qabul kilangandan
keyin ular tegishli TMZ turlari va guruhiga ombor mudiri tomonidan
kirim qilinadi va omborxonaning kirim orderi buxgalteriyaga beriladi.
Lekin akseptlanmaydi, chunki uning to’lov xujjatlari ilgari buxgalteriyaga
akseptlanib topshirilgan ehtimol bu to’lov xujjatlarida ko’rsatilgan summa
to’langan bo’lishi mumkin. Chunki 6-jurnal-orderni hisobot davrining
oxirida yopayotganda ushbu guruhdagi materiallar ikki marta kirim
qilinishi mumkin. Mol etkazib beruvchilar bilan TMZ yuzasidan
hisoblashish amalga oshirilayotganda ularning kamomadi yoki ortiqchaligi
aniqlanishi mumkin. Ayrim hollarda haqiqatda qabul qilingan TMZ mol
etkazib beruvchilarning to’lov xujjatlaridagi ko’rsatkichlari bilan
taqqoslanadi va dalolatnoma (M-7) bilan tasdiqlanadi. Aniqlangan ortiqcha
qiymatliklar kelishilgan yoki qabul qilingan bahoda dalolatnomaga asosan
qabul qilinadi. Кeyin 6-jurnal-orderning ayrim qatorida fakturasiz TMZ
sifatida ko’rsatiladi va marketing bo’limi mol etkazib beruvchiga ortiqcha
qiymatlik to’g’risida xabar yuborib to’lov xujjatini jo’natishni so’raydi.
Mabodo ushbu usulni qo’llash natijasida (taqqoslash) kamomad aniqlansa
dalolatnomaga asosan sub’ekt mol etkazib beruvchiga da’vo bildiradi. Bu
vaqtda kam chikkan TMZ haqiqiy tannarxda hisoblanadi, tashish tarifi
yukning og’irligiga va ustama yoki chegirma summasi qiymatlikning
umumiy summasiga mutanosib aniqlanadi.
Кamomad summasi 4860- "Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar"ning
debeti va 6010- "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan
schyotlar" schyotining kreditida qayd qilinadi va 6-jurnal-order va 7-
qaydnomada ko’rsatiladi.
Bu jurnal-orderda faqatgina TMZ olish bilan bog’liq bo’lgan
hisoblashishlar aks ettiriladi. Lekin ko’p hollarda sub’ekt o’zining faoliyati
davomida mol etkazib beruvchilarning xizmatlaridan (gaz, energiya, suv,
ta’mirlash va xokazo) ham foydalanadi. Shuning uchun ushbu xizmatlar
yuzasidan hisoblashishni aks etirish uchun ayrim 6-jurnal-order (6/
1
j/o)ni
ochish va yuritish yuritish maqsadga muvofiqdir. hisobot davri tugagandan
keyin ushbu jurnal-orderlarning ko’rsatkichlari 6010-"Mol etkazib
beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashishlar" schyoti bo’yicha
jamlanma ma’lumotlar olish uchun yig’iladi va Bosh daftarga o’tkaziladi.
Sub’ektning buxgalteriyasi "Moddiy qiymatliklarning harakati" (pul
ko’rinishida) qaydnomasidan foydalangan holda TMZ harakatini so’m
ko’rinishida hisobga olib boradi. Ushbu qaydnoma TMZ butligini nazorat
108
qiluvchi, joylarda harakatini hisobga oluvchi asosiy registr hisoblanadi.
Ushbu 10-qaydnoma quyidagi tarkibda tuzilgan:
1-bo’limda:
sintetik schyotlar va guruhlar bo’yicha hisob-reja bahosida va
haqiqiy tannarxida TMZ kirimi va qoldiq summasi;
2-bo’limda:
transport-tayyorlov sarflari va materiallarning guruhlari bo’yicha
haqiqiy tannarxi bilan hisob-reja tannarxi o’rtasidagi farqning summa va
foiz ko’rinishlari;
3-bo’limda:
xaqiqatda sarflangan TMZ haqiqiy tannarxini hisoblash, ombordan
jo’natish, bo’limlarda sarflanishi, bo’limlardagi, markaziy ombordagi
qoldig’i (xaqiqiy va hisob-reja tannarxida).
10-qaydnomani tuzish uchun ma’lumotlar omborning registrlari va M-4
jamg’arma qaydnomasidan olinadi. Ushbu qaydnomada quyidagi
ma’lumotlar keltiriladi:
«Кirim qilingan TMZ xaqiqiy tannarxining tarkibi». Bu ma’lumotlar
1,6.7,8,10 va 13 jurnal-orderlardan va joriy oyda TMZ tayyorlash bilan
bog’liq sarflarni aks ettiradigan hamma xujjatlardan olinadi. Bu
ma’lumotlar 10-qaydnomaning 2-bo’limini to’lg’azish uchun zarur.
«Кirim qilingan TMZ hisob-reja tannarxi» tegishli ma’lumotlar
yuqoridagi jurnal-orderlardan olinadi, lekin TMZ tayyorlov sarflari bundan
mustasno. Bu ma’lumotnomaning ma’lumotlari 10-qaydnomaning 1-
bo’limidagi ma’lumotlarni taqqoslash va joriy davrda tayyorlov
jarayonlarining natijasini va transport-tayyorlov sarflarining summasini
hisoblash zarur.
Natijada «Tovar-materiallar Rеzеrvsining harakati» nomli 10-qaydnoma
buxgalteriya hisobining bu sohadagi vazifalarini echish uchun zamin
tayyorlaydi. 10-qaydnomaga to’lg’azuvchi sifatida 11 «TMZ hisob-reja
bahosida bo’limlar, omborlar bo’yicha harakati» nomli qaydnoma
qo’llaniladi.
11-qaydnoma bo’limlarning ishlab chiqarish hisoboti, moddiy
qiymatliklarni qaytarish yuk xati, inventar va xo’jalik jihozlari harkatining
yig’ma va guruhlashtiruvchi qaydnomasi va boshqa xujjatlarga asosan
buxgalteriyada to’lg’aziladi. Chunki ushbu xujjatlar yordamida xar-bir
bo’lim bo’yicha olingan va qaytarilgan TMZ miqdori aniqlanadi. Bundan
tashqari bo’limlarda qolgan va sarflangan qiymatliklar 11-qaydnomada va
10-qaydnomaning 3-bo’limida ko’rsatiladi (bo’limlardagi omborlardan
sarflanishi va ombori bo’lmagan bo’linmalarda sarflanishi).
109
Demak, 10-qaydnomaning 1-bo’limining ma’lumotlari bo’yicha
omborxona va buxgalteriyadagi TMZ hisobining ma’lumotlarini
taqqoslash mumkin. Bu taqqoslash xar bir ombor bo’yicha ayrim olgan
holda, materiallar guruhlanmagan holda hisob-reja bahosida amalga
oshiriladi, chunki ushbu ma’lumotlar hisobning tezkor-qoldiq usuli uchun
zarurdir.
Ushbu qaydnomaning 2-bo’limida ikki xil baholash- hisob-reja bahosi
va xaqiqiy tannarxda balansning tegishli moddalarida va TMZ guruhlari
bo’yicha umumiy xajmini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Natijada tashish-
tayyorlash sarflari va baholar o’rtasidagi farqning summalari va foizini
hisoblash mumkin bo’ladi.
10-qaydnomaning 3-bo’limida buxgalteriya hisobining muhim
ko’rsatkichlaridan biri bulmish sarflangan TMZ xaqiqiy tannarxi, ularning
xaqiqiy sarfi, materiallar guruhi bo’yicha oy oxiridagi qoldig’i
to’g’risidagi balans moddalarini to’lg’azish uchun zarur ma’lumotlar
keltiriladi.
Tashish-tayyorlov sarflari TMZ haqiqiy tannarxi tarkibiga kirib bu
sarflarga shartnomadagi kelishilgan bahodan tashqari ushbu qiymatliklarni
olib kelish sarflari (tayyorlash, saqlash, yuklash, keltirish, tushirish va
hokazo) majmuidan iborat. Ushbu sarflar TMZ aniq turlari yoki guruhlari
bo’yicha TMZ hisobga oladigan schyotlarda hisobga olib boriladi.
har oyda buxgalteriya TMZ turlari yoki guruhlari bo’yicha sarflangan
tashish tayyorlov sarflarining xajmi va qiymatiga nisbatan foizini hisoblab
chiqadi. Chunki ushbu summalar va foiz ulushlari joriy davrda sarflangan
TMZ tegishli (bo’limlar bo’yicha) transport tayyorlov sarflarining (TTS)
ulushini aniqlash zarur. Ushbu ko’rsatkichni hisoblash uchun 10-
qaydnomaning 2 va 3 bo’limidagi ma’lumotlar asos bo’lib xizmat qiladi.
hisobdan chiqarilgan va sarflangan TMZ tegishli TTS summalari
qiymatliklarni hisobga oluvchi va sarflar schyotlariga o’tkaziladi.
haqiqiy tannarx bilan hisob-reja tannarxi o’rtasidagi farq summalarini
hisobdan chiqarish mumkin. Faqat farqi tejalgan "-" yoki ortiqcha sarf "+"
ko’rinishida qayd qilinadi. Ortiqcha sarflar TTS kabi TMZ tannarxini
oshiradi, tejalgan summa esa ularning tannarxini kamaytiradi. Shuning
uchun xam tejalgan summa "-" belgisi va ortiqcha sarflangan summa esa
"+" belgisi bilan tegishli registrlarga qayd qilinadi.
Transport tayyorlov sarflarini hisoblash uchun har oyda maxsus
qaydnoma-jadval tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |