O bobojonov k. Jumaniyozov


"ABC" firmasida TMZ bo’yicha tashish-tayyorlov sarflarini (TTS)



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

"ABC" firmasida TMZ bo’yicha tashish-tayyorlov sarflarini (TTS) 
hisoblash (oktyabr 20___ y.).
110


(so’m va foizda, 1010 schyotiga)

Кo’rsatkichlar
Shartnoma 
bahosida
Xaqiqiy 
tannarxda
1. Oy boshidagi qoldiq
500000
525000
2. Oy davomida qabul qilindi
3500000
3675000
3. Ja’mi
4000000
4200000
4.
Tashish-tayyorlov sarflari:
-
so’mda
-
foizda 
+200000
+5%
(4200000-
4000000)
200000 x100
4000000
5.
hisobot davrida sarflangan TMZ 
qiymati
3800000
3990000
(3800000x5)
100
6. hisobot davri oxiridagi qoldiq
200000
(4000000-
3800000)
210000
(4200000-
3990000)
Shunday qilib tashish-tayyorlov sarflari har oyning oxirida maxsus 
jadval-hisob yordamida xar-bir TMZ guruhlari yoki turi bo’yicha hisoblab 
chiqiladi va sarflangan kanal-tarmoqlariga- ishlab chiqarish, xizmat, ish va 
xokazo aniqlangan foizda taqsim qilinadi, keyin mahsulot, ish va 
xizmatning aniq turlariga taqsimlanadi. Agarda ortiqcha sarf aniqlansa 
tegishli ob’ektlarga (schyotlarga) qo’shimcha yozuv "+" belgisi bilan yoki 
tejalgan bo’lsa "-" belgisi bilan yozuvlar amalga oshiriladi. Ushbu 
usulning qo’llanilishi natijasida sub’ektda qo’llanilgan baho (ulgurji yoki 
hisob-reja bahosi) haqiqiy tannarxga etkaziladi.
Tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standartlari xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlardan hisobot tuzishdan oldin tovar-moddiy 
Rеzеrvlarini inventarizasiya qilishni talab qiladi. Ushbu inventarizasiya 
quyidagi hollarda va tartibda o’tkaziladi:
tuzilgan yillik hisobotda TMZ haqiqiy holatini aniqlash maqsadida 
yilda 1 marta 1-oktyabr holatiga;
moddiy javobgar shaxslarni almashtirayotganda, ularning ustidan asosli 
shikoyat tushganda va tabiiy ofat sodir bo’lganda;
buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar bilan omborxona hisobidagi 
(hisobotidagi) ma’lumotlarda farqlar vujudga kelsa.
Inventarizasiya o’tkazish uchun yil boshida sub’ekt rahbarining imzosi 
bilan doimiy xarakatdagi inventarizasiya komissiyasini tuzish va uning 
111


a’zolari to’g’risida buyruq chiqariladi. Unga ob’ektning etakchi 
mutaxassislari, bo’limlardan vakillar jalb qilinadi.
har bir ayrim inventarizasiya o’tkazish uchun sub’ekt rahbarining 
imzosi bilan buyruq chiqariladi. Unda komissiya a’zolari, inventarizasiya 
ob’ekti va o’tkazish davri ko’rsatiladi. Inventarizasiya o’tkazishdan asosiy 
maqsad TMZ jismoniy va so’m ko’rinishidagi haqiqiy mavjudligini 
aniqlashdir. Inventarizasiya jarayonida quyidagilar tekshiriladi:
tovar-modiy Rеzеrvlarining saqlanish sharoiti;
ularni saqlash va chiqarish tartiblarining to’g’riligi va tortuv va 
o’lchov jixozlarining ahvoli;
tovar-moddiy Rеzеrvlarining harakatini hisobga olish tartibi 
(omborxona hisobining yuritilishi).
Inventarizasiya o’zining mohiyati, usuli va qamrovi bo’yicha 
quyidagicha guruhlanadi:
a) tekshirish xajmining qamrovi bo’yicha:
yoppasiga- ob’ekt xar tomonlama va to’liq tekshiriladi;
tanlanma- ob’ektning asosiy ko’rsatkichlari tanlab olib tekshiriladi;
b) o’tkazish vaqtiga qarab:
rejali-sub’ekt tomonidan tuzilgan rejaga asosan (yilda bir marta) 
o’tkaziladi;
kutilmagan holda – javobgar shaxs kutmagan holda- shikoyat 
tushganda va hokazo o’tkaziladi.
Inventarizasiyani o’tkazish ustidan umumiy rahbarlik sub’ektning 
rahbari yoki uning urinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi. Buyruqka 
asosan tuzilgan inventarizasiya komissiyasiga ishonchli mutaxassislar jalb 
qilinadi va natijasini (dalolatnomani) rahbar tasdiqlaydi. Inventarizasiya 
komissiyasi o’tkazish davriga buxgalterning hisob ma’lumotlariga 
asoslangan holda TMZ inventarizasiya ro’yxatini omborlar bo’yicha (inv-
3) tuzadi. Uni o’tkazish vaqtida ombor mudiri tomonidan TMZ qabul qilish 
va chiqarish ta’qiqlanadi, u inventarizasiya komissiyasiga hamma xujjatlardagi 
ma’lumotlar omborxona hisobidagi tegishli kartochkalarga o’tkazilganligi va 
buxgalteriyaga topshirilganligi to’g’risida tilxat beradi. 
Inventarizasiyaning natijalarini aniqlash uchun TMZ qoldiqlarini 
hisobga oluvchi daftardan foydalanish mumkin, chunki unda 
inventarizasiyaning natijasi bo’yicha tuzilgan ro’yxatga asosan jismoniy 
ko’rinishdagi TMZ qoldig’ini qayd qiluvchi maxsus ustun mavjud.
Inventarizasiya natijasida aniqlangan farqlar-ortiqcha yoki kamomad, 
taqqoslash qaydnomasini tuzish natijasida, haqiqiy tannarxda 
xujjatlashtiriladi.
112


Ortiqcha deb topilgan TMZ tegishli schyotlarda kirim qilinadi, debet 
1000, 1080,1100, 2900 va davr sarflari kamaytiriladi, ya’ni muomalaviy 
daromadlar sifatida tegishli 9390- "Boshqa opеratsion daromadlar" 
schyotining kreditida ko’rsatiladi. TMZ kamomadi esa tegishli 
schyotlarning kreditidan 9430- "Qiymatliklarning kamomadi va buzilishi 
natijasidagi yo’qotishlar" schyotining debetiga olib boriladi. Кeyinchalik 
inventarizasiya komissiyasining qarori rahbar tomonidan tasdiqlangandan 
keyin yoki javobgar shaxs zimmasiga olib boriladi debet schyot 4630, yoki 
davr sarfi sifatida 9430 schyotning debet tomonida qoladi (agar ushbu 
summani sub’ekt o’z zimmasiga olsa).
Ushbu holatni chuqurroq o’rganish maqsadida quyidagi misolni 
keltiramiz:

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin